"Barselona" bosh murabbiyi Xavi "PSJ" hujumchisi Neymarni jamoa safiga qo‘shib olish tarafdori emas.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi murabbiylar shtabi uning mahoratiga shubha qilmayapti, biroq u "oilaviy muhit"ni buzishidan qo‘rqishmoqda.
Avvalroq o‘sha nashr hujumchi Usmon Dembele "PSJ"ga o‘tganidan keyin Neymar "Barselona"ga qaytishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.
Neymarning "PSJ" bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga yetadi. U 2017 yilda "Barselona"dan Parij tomoniga o‘tgan edi.