Fransiyaning "PSJ" klubi bosh murabbiyi Luis Enrike ispan futboli tarixidagi futbolchi kimligini aytdi.
"Bizda juda yaxshi o‘yinchilar bo‘lgan, lekin men David Vilyani tanlagan bo‘lardim, chunki u terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar", - dedi Enrike.
Ma’lumot uchun, Vilya Ispaniya terma jamoasida Yevro 2008ning eng yaxshi to‘purari va chempioni, JCH 2010ning eng yaxshi to‘purari va chempioni va Ispaniya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.