Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Igor Cherevchenko: «Nasaf»dan o‘rganadigan jihatlar ko‘p...»

Igor Cherevchenko: «Nasaf»dan o‘rganadigan jihatlar ko‘p...»

Baho:
+ | -

Superliga jamoalari  davralar oralig‘ida bir nechta nazorat uchrashuvlarini o‘tkazdilar.

Qarshining «Nasaf» klubi ham joriy yilning 19 iyul kuni o‘z maydonida qo‘shni Tojikistonning bir necha bor chempioni va kubogi sohibi «Istiqlol» (Dushanbe) bilan xalqaro maqomdagi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi. Fursatdan foydalangan maxsus muxbirimiz mehmonlar bosh murabbiyi Igor Cherevchenkodan intervyu oldi.

- Igor Gennadiyevich, avvalombor O‘zbekistonga, Qarshi shahriga xush kelibsiz.

- Rahmat. Taassurotlar bir olam: iliq, samimiy kutib olishdi. Buning uchun minnatdormiz. «Nasaf» haqida yetarli ma’lumotlarga egamiz. O‘zbekistondagi eng yaxshi infratuzilmaga ega bo‘lgan klubdagi qulayliklarni ko‘rib havasimiz keldi. Zamonaviy stadion, undagi barcha shart-sharoitlarga gap yo‘q. «Nasaf»ning zafarli yurishi bu yil ham dadil davom etishiga tilakdoshmiz. Osiyoda o‘z nom va nufuziga ega ushbu jamoa OCHL o‘yinlarida ham bir necha yillardan buyon faol ishtirok etib kelmoqda. 2011 yilda OFK kubogi sohibi bo‘lganligini eshitib, xursand bo‘lganmiz.

- Adashmasam, siz sobiq ittifoq chempionati kezlari «Pomir»da o‘ynagansiz?

- Xuddi shunday. 1990-92 yillar oralig‘ida «Pomir» jamoasi a’zosi bo‘lganman. Men oldingi davr bilan hozirgi kunni taqqoslashni hohlamayman. Sababi, har bir zamonning o‘ziga xos talab va istaklari bo‘ladi. U vaqtlarda gruzin, arman singari futbol jamoalari bo‘lgan. O‘yinlar ham sobiq ittifoqning shaharlarida o‘tganligi xuddi kechagidek yodimda. Mustaqillik tufayli har bir Respublika o‘zining liga, kubok o‘yinlariga ega bo‘ldi. Biz ham o‘z mamlakatimiz chempionatida 11 yildan buyon ishtirok etayapmiz 9 marta mamlakatimiz kubogi, 11 marta superliga g‘olibi, 6 marta Tojikiston futbol fedirasiyasi kubogi sohibi bo‘lganmiz. Jamoamiz 2007 yilning noyabrida tashkil etilgan. 2008 yilda Qanoat Latipov boshchiligida ikkinchi liganing Dushanbe guruhida qatnashib, chempionatning 30 o‘yinida g‘alaba qozondik va Tojikiston ligasiga yo‘l oldik. 2009 yilda yangi bosh murabbiy Salohiddin G‘ofurov boshchiligida Tojikiston ligasi debyutida jamoamiz 4-o‘rinni egalladi. Unda tajribali futbolchilar va asosan 17 yoshgacha bo‘lgan yoshlar bor edi. Ular 2006 yilgi Osiyo U-17 chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritishgan. 2007 yilda FIFA U-17 jahon chempionatida ishtirok etgan. An’anaviy qish-bahor turnirida ikkita sovringa ega bo‘lganmiz. Tojikiston kubogi uchun «Istiqlol» Tojikiston kubogida «Ravshan Kulob» jamoasi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozongan.

- «Istiqlol» ikki marta OFK kubogi uchun bahslarda finalgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Bu yutuq ham o‘z-o‘zidan bo‘lmagan, albatta...

- Jamoamiz Osiyo maydonlarida ham o‘zini ko‘rsatgani rost. 2015 yili «Joxor Darul Ta’zim» (Malayziya) jamoasi bilan OFK kubogi uchun hal qiluvchi bahsda 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdik. 2017 yil 18 oktyabr kuni «Istiqlol» «Bengalaru» jamoasi bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Mintaqalararo pley-off finalining javob uchrashuvida uch mavsumda ikkinchi marta OFK kubogi finaliga chiqdi. 2017 yilning 4 noyabrida jamoamiz «Al-Quva Al-Javiya»dan 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Shundan so‘ng Muhsin Muhammadiyev bosh murabbiylikdan ozod etilib, uning o‘rniga Alisher To‘xtayev tayinlandi.

- «Istiqlol» OCHLdagi yurishida ham ijobiy natija qayd etganligidan xabardormiz.

- Haqiqatdan ham OCHLdagi debyutimiz yomon chiqmagan. 2020 yilning 21 yanvar kuni Toshkentda «Lokomotiv»ni 1:0 hisobida dog‘da qoldirib, ijobiy natijaga erishdik. Bosh murabbiy Mubin Ergashev OCHLda 2ta o‘yinni boshqargan bo‘lsa, 2020 yil 17 fevral kuni ukrainalik Vitaliy Levchenko jamoa boshqaruvini o‘z qo‘liga oldi. «Istiqlol» OCHL guruh bosqichida «Al-Hilol», «Shabab Al-Ahli», OKMKni o‘z ichiga olgan guruh bosqichida 1-o‘rinni egalladi.

- Ayni paytda «Istiqlol» Tojikistonning yetakchi jamoasi. Superligadagi natijalardan qoniqish hosil qilayapsizlarmi?

- Birinchi davrani peshqadam sifatida yakunladik. 10ta jamoa o‘rtasida 13 o‘yindan so‘ng 29 ochko to‘pladik. 2-o‘rinda borayotgan «Ko‘ktosh» 14 o‘yindan so‘ng 25 ochkoga ega. Ishimizning borishi yomon emas. Ikkinchi davra oldidan nafaqat ichki chempionat, qolaversa, Markaziy Osiyoning nomdor jamoalari bilan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazayapmiz. «Nasaf» bilan o‘yinimiz birinchi bo‘limda yomon chiqmadi. 2-taymda maydon egalarining 70-raqamdagi gruziyalik legeoneri Jaba Jigaure 53 va 64-daqiqalarida darvozamizga 2ta to‘p kiritib, o‘z jamoasini oldinga olib chiqdi. Himoyachilarimiz xatosi va o‘yinchilarimizning jismonan toliqishi pand berdi. Ayniqsa, menga «Nasaf»dagi 70-raqamli Jaba Jigaure va 77-raqamdagi Oybek Bozorovning o‘yinlari iliq taassurot qoldirdi.

- Nahotki, birinchi davrani ko‘tarinki ruhda o‘tkazgan «Istiqlol»da jismonan toliqish bo‘lsa?

- Jamoamizda ancha o‘zgarishlar bo‘layapti. Yangidan 6 nafar ligeonerni qabul qilganmiz. Hali ular tayyor emas. Bu futbolchilar endi jamoa bilan, o‘yin uslubi bilan tanishuv jarayonida. Shundan kelib chiqib, tarkibni to‘la shakllantirish jarayonidamiz.

- Jamoa Tojikiston chempioni sifatida OCHL o‘yinlarida ishtirok etadi. «Nasaf» bilan bir guruhda bo‘lib qolishlaringiz ham mumkin...

- Qo‘shnilar bilan yashil maydonda tez-tez ko‘rishib tursak, buning nimasi yomon? «Nasaf»dan ham o‘rganadigan jihatlar ko‘p. Biz ham qaysidir ma’noda o‘z uslubimizga egamiz. Dushanbeda yozda ham ob-havo futbolga mos bo‘ladi, Qarshida esa issiq havoda o‘ynadik. Bu ham Osiyo maydonlarida asqotishi tabiiy. Shuni alohida ta’kidlardimki, OCHL o‘yinlarida tamomila boshqacha tarkib bilan maydonga tushamiz. O‘zbekiston bo‘ylab safarimiz davom etadi. 23 iyul kuni Toshkentda «Paxtakor» mehmoni bo‘lamiz (bu o‘yinda «Istiqlol» 2:1 hisobida g‘alaba qozondi - PS). Iyul oyi oxirida Tojikis­ton kubogi o‘yinlari boshlanadi. 1|8 finalda SSKA jamoasi bilan kuch sinashamiz. 4 avgustda Superliga doirasida «Ko‘ktosh» jamoasi bilan to‘qnash kelamiz. Tojik-o‘zbek birodarligi qadimiy tarixga ega. Fursatdan foydalanib «Nasaf» jamoasiga mavsumda omad tilayman. Klub rivojlanishda yuksak cho‘qqilarni zabt etsin. Muxlislarga ham ezgu istaklarimni izhor etaman. Hamkorligimiz tojik-o‘zbek futbolining ravnaqiga xizmat qilsin.

Husan TEMIROV suhbatlashdi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 16:01, 06.08.2023.
O'qildi: 1654 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.