Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Chelsi" futbolchisi Fransiyaga yo‘l olmoqda

"Chelsi" futbolchisi Fransiyaga yo‘l olmoqda

Baho:
+ | -

"Chelsi" hujumchisi Angelo Gabriel ijara asosida Fransiyaning "Strasburg" jamoasiga o‘tadi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano xabar tarqatmoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, 18 yoshli braziliyalik futbolchi tez orada fransuz klubiga o‘tadi. Qayd etilishicha, yosh vingerni ijaraga berish "ko‘klar" rahbariyatining dastlabki rejalaridan biri bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Angelo Gabriel shu yozda "Santos"dan 15 million yevro evaziga "Chelsi"ga o‘tgan edi. Futbolchi sobiq jamoasi tarkibida jami 129 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

“Chelsi” yangi mavsumdagi ilk o‘yinini 13 avgust kuni “Liverpul”ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 18:16, 06.08.2023.
O'qildi: 1135 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.