Ukrainalik hujumchi Artyom Dovbik «Dnepr-1»dan Ispaniyaning «Jirona»siga o‘tgani haqida fikr bildirdi.
«Jirona» muxlislariga salom. Mening ismim Artyom. Bu yerda ekanligimdan juda xursandman. Tez orada ko‘rishguncha», - deya hujumchining so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.
Dovbik ispan klubi bilan 2028 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan uzoq muddatli mehnat shartnomasini imzoladi. Transfer summasi yetti million yevroni tashkil qildi.