Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

Murabbiyga yolchimagan APL klublari natijaga erishadimi?

Murabbiyga yolchimagan APL klublari natijaga erishadimi?

Baho:
+ | -

Premyer-liganing yangi mavsumi hali boshlanmadi, biroq «Vulverxempton» bosh murabbiyi Xulen Lopetegi allaqachon klubdagi mavqeini yo‘qotdi.

Yevropa futbolida, ayniqsa, APLda murabbiylar iste’fosi yana ham ko‘payib bormoqda. Yozda uchta klub zudlik bilan o‘ziga yangi ustozlar topdi: «Tottenxem» Anje Postekoglu, «Chelsi» Maurisio Pochettino va «Bornmut» Andoni Iraola bilan shartnoma imzoladi. O‘tgan mavsum boshidan buyon 20 ta klubdan 11 tasida murabbiy almashdi.

BBC Sport ishdan bo‘shatish holatlarida murabbiyning o‘zgarishi haqiqatan ham kerakli natijaga olib keladimi, degan savolni tahlil qilishga qaror qildi. O‘tgan mavsumda Premyer-liga jamoalarining 55 foizi murabbiyini o‘zgartirdi, bu Yevropaning top-5 ligalari orasida eng yuqori ko‘rsatkichdir. Keyingi o‘rinlarda Fransiya va Ispaniya - 50%, Germaniya - 44% va Italiya - 35%.

CIES Football Lab ma’lumotlariga ko‘ra, bu raqamlar butun qit’a tendensiyasini o‘zgartirdi. Klub xo‘jayinlarining sabrsizligi kuchaymoqda: o‘zgarishga qaror qilgan jamoalar soni 80 yillardagidan deyarli ikki baravar ko‘p.

Bundan 40 yil avval bor-yo‘g‘i beshta jamoa tarkibga o‘zgartirish kiritgan bo‘lsa, Premyer-liganing birinchi yilida atigi to‘rtta ishdan bo‘shatilgan murabbiy bor edi. 1980 yillarda bunday qarorlarning o‘rtacha soni 6,5 tani (30%) tashkil etgan bo‘lsa, keyingi o‘n yil ichida ularning soni 8,3 taga (42%) oshdi.

Agar yozda murabbiylarni ishdan bo‘shatish tushunarli bo‘lsa, mavsum o‘rtasida uni o‘zgartirish odatda klubda nimadir noto‘g‘ri ketayotganini bildiradi. So‘nggi o‘n yil ichida mavsum o‘rtasida 83 ta murabbiy ishdan bo‘shatilgan. 2020 yil iyul oyida Nayjel Pirson ligada ikkita o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, 2016 yilning may oyida «Everton»dagi Roberto Martines birgina bahsda shogirdlarini boshqargan xolos. O‘tgan mavsum ba’zi klublar hatto ikki martab murabbiyni almashtirishga qaror qilgan. O‘tgan mavsumda ligada jami 41 nafar murabbiy ishlagan.

Jadvalning yuqori yarmidagi har bir klubda o‘rtacha 1,4 nafar, quyida esa 2,4 nafar murabbiy ishlagan. Ajablanarlisi shundaki, «Nottingem Forest» o‘z menejeriga ishonchini saqlab qoldi, ammo pastga tushib ketgan klublar «Lester» va «Lids» turli o‘zgarishlarga qaror qilishdi va bu ularga yordam bermadi.

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, o‘zgarishlar foydali bo‘ladimi, degan savol shunchaki tasodifiydir. «Aston Villa», «Bornmut», «Everton» va «Kristal Pelas»ning qarorlarini oqlash mumkin, «Chelsi», «Tottenxem», «Lids» va «Brayton» yomonroq kartina keltirib chiqaradi xolos. «Sautgempton» va «Lester»da deyarli o‘zgarishlar yo‘q. Ular shunchalik yomon harakat qilishdiki, muvaffaqiyatsizlikning oldini olish imkonsiz edi.

Premyer-liganing ikki eng yaxshi jamoasi – «Liverpul» va «Siti» ko‘p yillardan buyon murabbiylarini almashtirmagan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha «Arsenal» uchinchi o‘rinda bormoqda.

Yangi mavsumning tendensiyasi qanday bo‘ladi? Yuqoriga ko‘tarilgan jamoalar mavsum oxirigacha murabbiylarini saqlab qoladimi? Bu va ko‘plab shunga o‘xshash savollar mavsum davomida o‘z javobini topadi. Yuqori darajadagi ishonch bilan aytish mumkinki, mavsum boshidagi murabbiylarning yarmiga mavsum oxirigacha imkon berilmaydi.

Kiritildi: 08:33, 10.08.2023.
O'qildi: 1656 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.