Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Jaloliddin Masharipov faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin

Jaloliddin Masharipov faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Unga "Trabzonspor" klubi qiziqish bildirmoqda.

O‘zbekistonlik futbolchi ayni paytda "An-Nasr" klubi murabbiylar shtabi rejasidan o‘rin olmagan. Shu bois, ar-riyodliklar uni qo‘yib yuborishga qarshi emas. Jaloliddin "Trobzonspor" bilan shartnoma imzolasa, u legioner hisoblanmaydi. Chunki Turkiya futbol federasiyasi qabul qilgan yangi qoidaga ko‘ra, Superliganing har bir klubi o‘z safiga bir nafar O‘zbekiston fuqaroni qo‘shib olish huquqiga ega.

Masharipov Saudiya Arabistoni chempionatining o‘tgan mavsumida 16 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta golga uzatma berdi. U O‘zbekiston milliy jamoasi tarkibida 50ta o‘yinda qatnashib, 9 gol va 6 assist muallifiga aylangan.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:47, 10.08.2023.
O'qildi: 9945 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик