Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/01 01:00 Valensiya 1-2 Real Madrid
04/01 17:30 Tottenhem - Nyukasl
04/01 19:00 Venetsiya - Empoli
04/01 20:00 Bornmut - Everton
04/01 20:00 Aston Villa - Lester
04/01 20:00 Kristal Pelas - Chelsi
04/01 20:00 Sautgempton - Brentford
04/01 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
04/01 22:00 Fiorentina - Napoli
04/01 22:30 Brayton - Arsenal
05/01 00:45 Verona - Udineze
05/01 16:30 Monsa - Kalyari
05/01 19:00 Fulhem - Ipsvich
05/01 19:00 Lechche - Jenoa
05/01 21:30 Liverpul - Man. Yunayted
05/01 22:00 Torino - Parma

Superkompyuter APLning yangi mavsumida kim chempion bo‘lishini taxmin qildi

Superkompyuter APLning yangi mavsumida kim chempion bo‘lishini taxmin qildi

Baho:
+ | -

So‘nggi yillarda kompyuter texnologiyasining rivojlanishi natijasida o‘yinlarni tahlil qilish, nafaqat tahlil, balki natijalarni aniqroq taxmin qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu taxmin shunchaki qilinmaydi. Taxminlar odatda kuchli hisob-kitob va jamoalarning maydondagi harakatlariga asoslanadi. Opta portali ham o‘zining eng kuchli superkompyuterini ishga solgan holda APLning yangi mavsumi uchun xulosalarini berdi. Barcha 20 ta jamoaning natijalari va taqvimi 10 ming marta ko‘rikdan o‘tkazilib, taxminlar bildirilgan.

Tarixda trebl qayd etgan ikkinchi, YECHLni yutgan 10 klub sifatida "Manchester Siti 2023/24 yilgi mavsumda ham Angliya chempioni bo‘lish uchun eng ashaddiy da’vogar sifatida ko‘rilmoqda. Opta'ga ko‘ra, "shaharliklar"ning chempion bo‘lish ehtimoli 90.2 foizga teng. Bu narsa esa APLni borgan sari bir jamoa gegemonligiga asoslangan liga bo‘lib borayotganini anglatadi. Taqqoslash uchun Germaniyada "Bavariya"ning bu boradagi imkoniyatlari 69.3 foizni, Fransiyada esa "PSJ"ning ko‘rsatkichi 57.3 foizni tashkil etadi. Shuningdek, "Real" 48.4 foiz, "Inter" esa 43.6 foiz ehtimol bilan mos ravishda Ispaniya va Italiyada favorit maqomida turibdi.
"Arsenal" o‘tgan mavsumda 248 kun davomida APLda yetakchi edi. Biroq 2024 yilda London klubining chempion bo‘lish imkoniyati bor-yo‘g‘i 4.1 foizga teng xolos. Bu borada "Liverpul"da 3.5 foiz, "MYU"da esa 1.7 foizlik ehtimoliy g‘oliblik bor.

Taxminiy APL jadvalining pastki qismidagi vaziyat ham mavjud. Superkompyuter ligani tark etadigan jamoalar qatorida avvalo "Luton Taun"ni ko‘rsatgan. Bu klub 62.3 foizlik Chempionshipga tushib ketish ehtimoliga ega. Shuningdek, APLning yana bir debyutanti bo‘lgan "Sheffild Yunayted" ham ikkinchi o‘rinda APLdan ketishga da’vogarlar qatorida e’tirof etiladi. Uchinchi va so‘nggi klub "Bornmut"dir. O‘tgan mavsumda bir amallab xavfli zonadan chiqib olgan klub ham 2024 yilda Chempionshipga ravona bo‘ladi deb hisoblanmoqda.

"Olchalar" o‘tgan mavsum o‘rtasida Gari O'Neylni Andoni Iraolaga almashtirgan edi. Ko‘pchilik mutaxassislar va bukmeykerlik kompaniyalari "Bornmut"ni APLdan tushib ketadi deb o‘ylagandi. Ammo bunday bo‘lmadi. Shunga qaramay, yangi mavsum yakunida Opta superkompyuteri bu jamoani APLda qolmasligini bildirdi. Chempionship g‘olibi sifatida APLga qaytgan "Byornli" klubi 2023/24 yil so‘nggida 15 o‘rinda bo‘ladi deb taxmin qilindi. Vensen Kompani jamoasi nisbatan kuchli deb hisoblanmoqda. Bu klub "Everton" va "Nottingem Forest"dan ko‘ra APLda qolishga loyiqroq ko‘rilgan.
Yuqoridagi taxminlarni tez orada boshlanadigan mavsum qanchalik to‘g‘ri ekanini ko‘rsatib beradi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 20:39, 10.08.2023.
O'qildi: 6109 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.