Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Levchenko: "Bizga qarshi o‘yinlarda jamoalar boshqacha o‘ynamoqda"

Levchenko: "Bizga qarshi o‘yinlarda jamoalar boshqacha o‘ynamoqda"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Superliga 16-turi doirasida o‘z uyida “So‘g‘diyona” bilan durang o‘ynagan “Neftchi” klubi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko durang, raqib jamoalarning “Neftchi”ga qarshi motivasiyasi, raqib himoyasi va Arabulining holati haqidagi savollarga javob berdi.

“Hozir raqib jamoalar “Neftchi”ga qarshi o‘yinlarga boshqacha tayyorlanishmoqda. Buni biz uchun balki motivasiya deyish mumkin.

Qaysi jihatlarga ko‘proq e’tibor berishimiz kerakligini bilib olish imkoni bor. Hozir barcha jamoalar bizga qarshi shunday o‘ynashlariga ko‘nikishimiz kerak.

Futbolchilar harakat qilishdi, ammo barchasi ular o‘ylagandek oson emas. Hisob 0:0 va o‘ylashimcha o‘yinga mos natija bo‘ldi”, - dedi Levchenko.

“Yuqori darajada futbol o‘ynaganingda barchasiga tayyor bo‘lish lozim. Hozir barcha jamoalar ochko uchun kurashmoqda. Hozir oddiy o‘yin yo‘q. Qo‘limizni qovushtirmay keyingi o‘yinga tayyorlanamiz”.

“Raqib bugun yaxshi himoyalandi. Raqib himoyachilari bosimdan chiqib ketishni uddalashdi. Biz esa bu himoyani yorib o‘tishda qiyinchiliklarga duch keldik. Hozir nimanidir qattiq o‘zgartirishni o‘ylamayapmiz”.

“Arabulining jismoniy holati hozir unchalik ko‘ngildagidek emas. O‘zining oxirgi o‘yinidan keyin ancha vaqt futboldan tashqarida qoldi. Shuning uchun uning bu erga moslashish jarayoni biroz qiyin kechayapti. Uning ikkinchi taym avvalida almashtirilishi shu bilan bog‘liq. Uning avvalgi formasiga qaytishi uchun vaqt kerak”.

Kiritildi: 00:33, 12.08.2023.
O'qildi: 984 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик