Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Jamol Musiala: «Etakchi bo‘lish qo‘limdan keladi»

Jamol Musiala: «Etakchi bo‘lish qo‘limdan keladi»

Baho:
+ | -

27 may. Kyoln. «Rayn-Energi» stadioni. «Kyoln» bilan o‘tgan mavsum so‘nggidagi uchrashuvning 89-daqiqasi Jamol Musiala xotirasida ancha vaqt saqlanib qolsa ajabmas.

O‘sha vaziyatda to‘pni Gnabridan qabul qilib olgan Jamol, o‘ziga xos tarzda aylanib oladi va uzoq burchakka zarba beradi va «Bavariya» chempion! Ammo 20 yoshli hujumkor yarim himoyachi fcbayern.com saytiga bergan intervyusida yangi vazifalar kutayotganligini aytmoqda...

- Jamol, Kyolndagi o‘sha chempionlik goli haqida sizdan ko‘p so‘rashdimi?

- Ha, lekin bu haqda qayta-qayta gapirib berish o‘zimga ham yoqdi (kuladi). Faoliyatimda ko‘proq shunday daqiqalarga intilishim o‘z natijasini bermoqda. Bundan keyin ham klubga ko‘proq unvonlarni yutishda yordam berishdan umidvorman.

- O‘sha goldan keyin birinchi bo‘lib xayolingizga nima keldi?

- His-tuyg‘ular cheksiz edi, hatto nima qilishni bilmadim. Shunchaki quvonchdan qichqirdim va sakradim (kuladi). Bu men uchun muhim lahza edi. Eng asosiysi, men muhim maqsadga hissa qo‘sha oldim, ya’ni biz chempion bo‘ldik. Ammo bu hozir qanday mashq qilayotganimni o‘zgartirmaydi. Yangi mavsumni intiqlik bilan kutyapman: uning uchun bizda rejalar juda ko‘p. Albatta, biz chempionlikni nishonladik, lekin bundan yaxshiroq o‘ynashimiz mumkin.

- Gol urganingizdan so‘ng, ehtimol siz «Bavariya» muxlislari orasida afsonaviy maqomga erishgandirsiz. Ammo jamoadagi mavqeingiz o‘zgardi, deb o‘ylaysizmi?

- Mashg‘ulotlardagi motivasiyam, atrofim va mentalitetim bir xil bo‘lib qolmoqda. Bu bilan jamoadagi xatti-harakatlarim o‘zgarib qolmaydi. Men har doim qo‘limdan kelganini qilishni va jamoa bilan muvaffaqiyatni nishonlashni xohlayman.

- 20 yoshdasiz, lekin allaqachon «Bavariya»da to‘rtinchi professional mavsumingizga kiryapsiz. Jamoa­da mas’uliyatingiz qanchalik oshdi?

- O‘zimdan umidlarim doimo yuqori. Qanchalik ko‘p o‘ynasangiz, shunchalik ko‘p mas’uliyat olasiz. Vaqt o‘tishi bilan o‘zimga bo‘lgan ishonch kuchaydi va endi jamoadoshlarimga ta’sir o‘tkazib, ularni o‘zimga jalb qila olishimga ishonaman.

- Jamoa tuzilishi va undagi o‘rningizni qanday tasvirlagan bo‘lardingiz?

- Bizning jamoamizda tajribali o‘yinchilar ko‘p. Ular ancha-muncha futbol past-balandliklarini boshlaridan o‘tkazishgan va endi ko‘proq muloqot qilishadi. Masalan, Tomas Myuller, Manuel No­yer yoki Joshua Kimmixlarni shular qatoriga kiritish mumkin. Ular har doim qo‘llanma sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan rahbarlardir. Ammo maydonda har bir o‘yinchi yetakchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan onlarga ega. Biz har doim bir-birimizga yordam berishga harakat qilamiz.

- Siz ham spiker bo‘la olasizmi yoki faqat oyoqlaringiz gapirishini afzal ko‘rasizmi?

- Odatda diqqat markazida bo‘lishni yoqtirmayman. Men hech qachon «diqqat markazida» bo‘lmayman, odatda juda kamgapman. Ammo maydonda, agar biron bir masala bo‘yicha fikrim bo‘lsa yoki kimgadir yordam bera olsam, gapiraman. Natijalar bilan yetakchilik qiladigan va jamoadoshlarga ta’sir o‘tkazadigan yetakchi bo‘lishim mumkin. Buni xohlayman albatta.

- Kelgusi mavsum uchun o‘z oldingizga qanday maqsadlar qo‘ydingiz?

- Eng muhimi, yaxshi start va tayyorgarlikdan sog‘-salomat o‘tish. O‘tgan mavsum bilan taqqoslaganda, men oldinga siljishni davom ettirmoqchiman, ya’ni ko‘proq gol urish va samarali paslar berishni niyat qildim. O‘z ritmimga qaytishni va har doim oldinda bo‘lishni xohlayman. Men shunchaki gol urish va assistent bo‘lishni yaxshi ko‘raman.

- Golden Boy mukofoti favoritlaridan biri hisoblanasiz. Bu siz uchun nimani anglatadi?

- Bunday mukofotga nomzod bo‘lganingiz - bu siz juda yaxshi mavsum o‘tkazganingizni anglatadi. Nominasiya - bu so‘nggi bir necha yil ichida qilgan barcha ishlarimga hurmatdir. Lekin men buni faqat jamoa bilan yaxlitlikda qilish mumkinligini tushunaman, chunki futbolda yolg‘iz hech narsaga erisha olmaysiz. Albatta, mukofotdan juda xursand bo‘lardim. Nomzodlar orasida eng top-o‘yinchilar ko‘p.

- Yoshligingizdayoq maydondan tashqarida ham namunaga aylangansiz. Siz «Team Musiala Foundation» orqali endi professional futbol yo‘liga kirgan yoshlarga qadriyatlarni yetkazishni xohlaysiz. Bu siz uchun qanchalik muhim?

- Futbolni yaxshi ko‘radigan bolalar juda ko‘p. Ular bu yo‘lda yordamga muhtoj. Jamg‘arma nafaqat futbolga, balki basketbol, maktab va professional martaba kabilariga ham bag‘ishlangan. Qisqasi, bu orzular ro‘yobga chiqishi uchun tashkil etilgan fond. Men bolalarga o‘z yo‘llarini topishda yordam bermoqchiman.

- Mavsumga tayyorgarlikdan dastlabki taassurotlar qanday? Endi Tomas Tuxelni yaxshiroq taniysizmi?

- Yangi murabbiylar jamoasi kelganida, tanishishga vaqt yo‘q edi, o‘yinlar ortidan o‘yinlar kutardi. Endi g‘oyalarni amalga oshirish ustida ishlash uchun ko‘proq vaqtimiz bor. Biz go‘yoki oddiy narsalarni to‘g‘ri va samarali bajarishimiz kerakva oddiy xatolardan qochishimiz kerak.

- Uzoq vaqt o‘z formangizni saqlab qolish uchun nima qilish kerak?

- Ba’zan o‘yinlarda energiya yo‘qotadigan bosqichlar bo‘ldi. Keyin qaytib olish qiyin bo‘ldi. Bunday bo‘lmasligi uchun yuqori konsentrasiyani saqlashimiz, yengilroq o‘ynashimiz va energiyani tejashimiz kerak bo‘lgan bosqichlarda ko‘proq to‘pni ushlab turishimiz kerak. Har bir harakatda, har bir pasda konsentrasiya har doim eng yuqori darajada bo‘lishi kerak.

- Kelgusi yil Yevro-2024 Germaniyada o‘tkaziladi. Hozir bu sizni qanchalik hayajonlantirmoqda?

- Hamma bunday katta musobaqaga tayyor, qiziqarli bo‘ladi. Ammo hozir to‘liq diqqatimizni o‘z ritmimizni topish uchun mavsum boshiga qaratganmiz. Xuddi shu narsa milliy terma jamoaga ham tegishli. Ishonchni qozonish uchun o‘yinlarda g‘alaba qozonishimiz kerak. Shundagina biz yaxshi Yevroni o‘tkazamiz, deb o‘ylayman.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 14:59, 12.08.2023.
O'qildi: 1189 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.