Angliyada Xosep Gvardiolaning ochilish o‘yinidagi xatti-harakati qizg‘in muhokama qilinmoqda - kataloniyalik mutaxassis Erling Xoland bilan tortishib qolgandi.
Angliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Gari Nevillga Pepning xatti-harakati yoqmadi.
«Balki kimdir uni buyuk deb bilar, lekin men emas. Menimcha, bunday ishlarni omma oldida, kameralar oldida qilmaslik kerak.
Masalan, ser Aleks Fergyuson hech qachon bunday narsaga yo‘l qo‘ymasdi», - deya Nevillning so‘zlarini keltiradi Italiyaning ITASportPress axborot agentligi.