«PSJ» hujumchisi Neymarning «Al-Hilol»ga o‘tishi yakunlanmoqda. Braziliyalik futbolchi ayni paytda Ar-Riyod shahri jamoasida tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda.
"’Équipe" tarqatgan xabarga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi saudiyaliklar bilan "2+1" ko‘rinishida shartnoma imzolab bo‘lgan.
Neymarning transferi "Al-Hilol" uchun 120 mln yevroga tushishi mumkin. Futbolchining o‘zi esa Saudiyadagi ikki yillik faoliyati davomida 160 million yevro ishlab topadi.