Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio - Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol - Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Dzanyolo "Aston Villa" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi

Dzanyolo "Aston Villa" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi

Baho:
+ | -

"Galatasaroy" yarim himoyachisi Nikolo Dzanyolo "Aston Villa"ga o‘tishga yaqin turibdi, deya xabar beradi jurnalist Fabrisio Romano.

Manbaga ko‘ra, birmingemliklar 24 yoshli italiyalik bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olgan, chorshanba kuni futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. "Aston Villa" yarim himoyachini 27 million yevroga sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olishi kutilmoqda.

Oldinroq "Zenit" Dzanyolo borasida muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berilgandi, biroq futbolchining agenti bu ma’lumotni rad etgandi.

Dzanyolo 2023 yilning fevralida "Roma"dan "Galatasaroy"ga o‘tgan edi. O‘tgan mavsumda u jami 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 04:35, 15.08.2023.
O'qildi: 862 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.