Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi - Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli - Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol - Al-Ittihod
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) - Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya - Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol - As-Sadd
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa

Premyer-liganing yosh “gavharlari”

Premyer-liganing yosh “gavharlari”

Baho:
+ | -

Yildan yilga sayyoramizning eng zo‘r iste’dodlari Premer-ligaga oqib keladi. Ba’zi klublar bunday o‘yinchilar uchun katta mablag‘ berishsa, ba’zilari ularni o‘zlari yetishtirishadi. Bu yoz ham bundan mustasno emas edi: "Chelsi" yana yoshlarni sotib oldi. Bugun mavsumda porlashi kutilayotgan yoshlar haqida gaplashamiz.

Bart Verbruggen, 20 yosh, darvozabon, “Brayton”

“Brayton” Robert Sanchesni "Chelsi"ga qo‘yib yuborishdi va Verbruggenni 20 million yevroga olishdi.

Niderlandiyalik futbolchi o‘tgan mavsumda kuchli o‘ynadi va yozgi Yevro U-21da terma jamoasining asosiy darvozaboni bo‘ldi. Angliyada Bart Jeyson Stildan raqobatda g‘alaba qozonishi kerak bo‘ladi, ammo u begona emas “Anderlext”da ham xuddi shunday holat bo‘lgan. Bart oyoqlari bilan ajoyib va De Zerbining uslubiga juda mos keladi. Moslashuvdan so‘ng u mavsumning kashfiyotlaridan biriga aylanishi kerak.

Destini Udoji, 20 yosh, chap qanot himoyachisi, "Tottenxem"

Italiyalik futbolchi o‘tgan yozda shartnoma imzolagan, biroq "Udineze"ga bir yilga ketgandi. Uchta gol va to‘rtta golli uzatma bilan bir mavsumdan so‘ng Destini yangi murabbiy bilan “Tottenxem”ga keldi.

Anjelos Postekoglu jamoalarida qanot himoyachilari hujumga o‘tishadi. "Udineze"da italiyalik butun chiziq bo‘ylab ishladi, Angliyada u ko‘proq erkinlikka ega bo‘ladi va to‘pni harakatlantirishga e’tibor qaratadi. "Tottenxem" nihoyat himoyaning chap qanotida sifatli futbolchi topdi.

Levi Kolvill, 20 yosh, markaziy himoyachi, “Chelsi”

Levi "Brayton"da ijarada bo‘lganidan keyin "Chelsi"da qolishga ikkilangan edi. Maurisio Pochettino mavsumoldi vaqtida himoyachiga imkoniyat berdi va uni qolishga ishontirdi. Levi shartnomasini 2029 yilgacha uzaytirdi va klub afsonasiga aylanishni istayotganini aytdi. Yuqori raqobatga qaramay, Kolvill o‘ynadi va katta o‘yinchiga aylanadi. "Liverpul" bilan o‘yinda u asosiy tarkibda edi.

Kobbi Maynu, 18 yosh, himoyachi yarim himoyachi, "Manchester Yunayted"

Kobbi akademiyadan chiqqan. Jamoa bilan gastrollarga chiqdi va o‘zini ko‘rsatdi. Erik ten Xag hatto "Real" bilan o‘yinda yarim himoyachini maydonga tushirdi, biroq Maynu jiddiy jarohat oldi. Ko‘plab klublar yarim himoyachini ijaraga olmoqchi edi, ammo "Manchester Yunayted" bu iqtidorni saqlab qolishga qaror qildi.

Maynu qo‘llab-quvvatlash zonasida o‘ynaydi, to‘pni oldinga uzatadi va himoyada ishlaydi. Muxlislar Kobbini Pol Pogba bilan solishtirishadi, ammo vunderkind yanada tez o‘ynaydi va tez-tez bosim o‘tkazadi.

Jarohati tufayli Kobbi mavsumning ilk oylarini o‘tkazib yuboradi. Erik ten Xag unga ishonadi, shuning uchun tiklanishdan keyin yarim himoyachi imkoniyatga ega bo‘ladi.

Rasmus Xoylund, 20 yosh, hujumchi, “Manchester Yunayted”

Manchesterda, endi skandinaviyalik hujumchilar derbisi Xoland va Xoylund bor. 19 yoshli daniyalik bir yarim yil oldin Avstriyaning "Shturm" klubida o‘ynagan, endi esa "Old Trafford"da.

Premyer-ligadagi muvaffaqiyat uchun Rasmusda hamma narsa bor - tezlik, fizika, yakuniylik. “Atalanta” hujumchini jarohati bilan Manchesterga jo‘natgan, shu bois debyut hozircha qoldirildi. Rasmus tiklanishdan so‘ng, albatta, o‘zini ko‘rsatadi va joriy mavsumda "gol+pas" tizimida 10 ochkodan ko‘proq to‘plashi kerak.

Kiritildi: 08:31, 15.08.2023.
O'qildi: 4118 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик