"Atletiko" (Bilbao) va Ispaniya terma jamoasi darvozaboni Unai Simon klubini o‘zgartirmoqchi emas. Avvalroq, mish-mishlar 26 yoshli futbolchini bir qancha klublar, jumladan, “Al-Xilol” bilan ham bog‘lagan edi.
"Men hech qayerga ketmasligimni aytib charchaganman. Klub boshqacha qaror qilmagunicha shu yerdaman. Xavotir olmang" - dedi Simon matbuot anjumanida.
Unai Simon "Atletik"ning asosiy jamoasida tarkibida 160 ta rasmiy o‘yin o‘tkazgan. Ularda darvozabon 171 ta gol o‘tkazib yuborgan.
“Atletiko” Ispaniya chempionatining navbatdagi o‘yinini 19 avgust kuni – “Osasuna”ga qarshi raqib maydonida o‘tkazadi.