Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletiko
23/09 19:00 Nasaf 2-0 OKMK
24/09 00:00 Betis 1-2 Malyorka
24/09 22:00 Valensiya - Osasuna
24/09 22:00 Sevilya - Valyadolid
24/09 23:45 Atalanta - Komo
25/09 00:00 Real Madrid - Alaves
25/09 22:00 Jirona - Rayo Valyekano
26/09 00:00 Barselona - Xetafe

Ushbu 11 ta APL yulduzi Moyses Kaysedoning xarididan arzonroqqa tushgan

Ushbu 11 ta APL yulduzi Moyses Kaysedoning xarididan arzonroqqa tushgan

Baho:
+ | -

APLda yana bir transfer rekordi yangilandi. Moyses Kaysedo 115 million funt evaziga "Chelsi"ga o‘tish orqali, Angliya futbolidagi eng qimmat yulduzga aylandi. Undan oldin Deklan Rays, Enso Fernandes va Jek Grilishlar eng qimmat futbolchilar sifatida e’tirof etilayotgandi. Hozir esa ularning safiga Kaysedo ham qo‘shildi. Quyida ekvadorlik yarim himoyachidan arzonroqqa tushgan butun boshli terma jamoa bilan tanishasiz.

Darvozabon: Bernd Leno – 8 million funt

Nemis darvozaboni "Arsenal"dagi o‘rnini Ramzdeylga boy beradi. Shu sabab u G‘arbiy Londonga ko‘chib o‘tgandi. 31 yoshli futbolchi Marko Silva jamoasida muhim vakilga aylandi. O‘tgan mavsumda faqatgina Alisson Bekergina Lenodan ko‘ra kamroq gol o‘tkazib yuborgan. Yangi mavsumda esa nima bo‘lishini tez orada bilib olamiz.

Markaziy himoyachi: Yoakim Andersen – 15 million funt

Agarda shu kunlarda Andersen sotilganida, "Kristal Pelas" bemalol bu transferdan 15 milliondan ko‘proq ishlab olgan bo‘lardi. Daniyalik himoyachi 2021 yilda "Lion"dan xarid qilinadi. Shundan beri u Mark Gexi bilan fantastik darajadagi himoya qo‘rg‘oni qura oldi.

Markaziy himoyachi: Itan Pinnok – 3 million funt

"Brentford"ning transferlar siyosati o‘zini doimo oqlab kelgan. Pinnok 2019 yilda 3 million funt evaziga "Barnsli"dan sotib olinadi. U "asalarilar"ning APLga chiqishida muhim o‘rin tutgandi. Hozir ham Pinnoksiz "Brentford" himoyasi ancha qiynalib qoladi.

O‘ng qanot himoya: Kiran Trippyer – 12 million funt

Trippyer "Atletiko"dan chempion sifatida APLga qaytadi. U hozirga qadar o‘zidan kutilgan narsalarni jamoaga taqdim etib kelmoqda. 32 yoshli futbolchi 12 millionga sotib olingan va bu pullar bekorga ketgani yo‘q. Angliya terma jamoasi a’zosi ayni damda ligadagi eng yaxshi qanot futbolchilaridan biri bo‘lib turibdi.

Chap qanot himoya: Endryu Robertson – 8 million funt

Zamonaviy futbol ko‘rgan eng arzon va samarli futbolchilardan biri aynan Robertsondir. Siz hozir undan yaxshiroq misol topa olmaysiz. "Liverpul" shotlandiyalikni 8 million evaziga "Xall Siti"dan xarid qilgandi. Hozirgacha Robertson mersisaydliklar bilan jami 267 ta bahsda ishtirok etib, 7 ta sovrin yutishga muvaffaq bo‘ldi.

Yarim himoyachi: Jon MakGinn – 2.5 million funt

Shotlandiya terma jamoasi a’zosi anchadan beri "Aston Villa" sharafini himoya qilib keladi. U 2018 yilda 2.5 million funt evaziga "Xibernian" klubidan sotib olingan edi. MakGinn o‘z jamoasini APLga olib chiqib, muqim qolishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Yarim himoyachi: Joau Palinya – 20 million funt

"Fulxem" o‘tgan yozda Palinyani 20 millionga sotib olgandi. Bugun bu ish to‘g‘ri bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Ayni damda portugaliyalik yarim himoyachi 90 million funtga baholanmoqda. Uning APLdagi birinchi mavsum ancha omadli kechdi.

O‘ng qanot hujum: Kaoru Mitoma – 2.5 million funt

"Brayton"ning skautlari APLda eng yaxshi ishlaydigan jamoalardan biridir. Ular doimiy ravishda Mitoma kabi iqtidorlarni dunyo bo‘ylab yig‘ib yuradi va ularni Angliyada superyulduzga aylantiradi. Bu ish, o‘z navbatida katta summalar olib keladi.

Chap qanot hujum: Gabriel Martinelli – 6 million funt

"Arsenal" yaqin yillar davomida Mikel Arteta g‘oyalari asosida qayta shakllandi. Klub hozirda "Manchester Siti" bilan raqobat olib bora oladigan kuchga aylangan. Bunda ular akademiya futbolchilariga suyanmoqda. Shuningdek, "Arsenal" ayrim yosh futbolchilarini arzimagan pulga xarid qilib, katta nomga aylantirmoqda. Shulardan biri Martinellidir. 22 yoshli vinger 2019 yilda 6 million funtga sotib olingan. Hozir esa APLda chap qanot masalasida undan yaxshiroq variant topa olmaysiz. Ayni damda Martinellini o‘ziga sarflangan puldan kamida o‘n barobar qimmatroqqa sotish mumkin.

Hujumchi: Kallum Uilson – 20 million funt

"Nyukasl" yangi davr bo‘sag‘asida turgan paytda Uilsonni xarid qiladi. U o‘ziga sarflangan pullarni oqlay oldi. Hujumchi o‘tgan mavsum davomida jami 18 ta gol bilan jamoasini YECHLga olib chiqishda katta yordam bergan edi.

Hujumchi: Xulian Alvares – 14.1 million funt

O‘tgan yil va mavsumda Alvares futboldagi jamiyki sovrinlarni yutishga muvaffaq bo‘ldi. 23 yoshli hujumchi bir zumda, hozirda dunyoning kamdan-kam yulduzlari erishgan darajaga chiqa oldi. Argentinalik Gvardiola jamoasida zaxiradan maydonga tushib, 17 ta gol urishga erishdi. Shunday talant atigi 14 million funtga olib kelindi. Agarda Alvares hozir sotilgudek bo‘lsa, aniq katta foyda ko‘riladi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 11:00, 18.08.2023.
O'qildi: 4552 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.