Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino 2-3 Lasio
29/09 17:00 Selta 1-1 Jirona
29/09 17:30 Braziliya 3-1 Marokash
29/09 18:00 Roma 2-1 Venetsiya
29/09 18:00 Komo 3-2 Verona
29/09 18:00 Ipsvich 2-2 Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao 1-1 Sevilya
29/09 20:00 Ukraina 9-4 Venesuela
29/09 20:30 Man. Yunayted 0-3 Tottenhem
29/09 21:00 Empoli 0-0 Fiorentina
29/09 21:30 Betis 1-0 Espanyol
29/09 23:45 Napoli 2-0 Monsa
30/09 00:00 Atletiko 1-1 Real Madrid
30/09 17:30 Fransiya - Paragvay
30/09 20:00 Qozog‘iston - Argentina
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Pochettino ruxsatisiz xarid qilingan Ugochukvu kim o‘zi?

Pochettino ruxsatisiz xarid qilingan Ugochukvu kim o‘zi?

Baho:
+ | -

Ugochukvu haqida «Renn» akademiyasining sobiq rahbari shunday degan:

«U jamoadoshlaridan haddan tashqari ilgarilab ketgan va shunchaki o‘z tengilari bilan mashg‘ulot o‘tkazish unga to‘g‘ri kelmaydi». Bu so‘zlar yarim himoyachining kattalar futbolidagi debyutidan biroz oldin aytilgan. Lesli haqiqatan ham tengdoshlaridan ancha ilgarilab ketdi (o‘yin va jismoniy jihatdan - futbolchining bo‘yi 191 sm.). Aprel oyida CIES Football Obsertvatory o‘yinchini dunyoning ikkinchi eng istiqbolli tayanch yarim himoyachisi deb topdi. Fransuz Romeu Lavia va «Liverpul» a’zosi Stefan Baychetich kabi futbolchilarni ort­da qoldirdi.

Ismi: Lesli Ugochukvu; 

Tug‘ilgan sanasi: 26.03.2004 yil; 

Fuqaroligi: Fransiya; 

Klubi: «Chelsi»; 

Ampluasi: Tayanch yarim himoyachisi; 

«Renn»dagi statistikasi: 60ta o‘yin, 1ta gol, 1ta assist; 

Narxi: 9 mln. yevro.

Ugochukvu «Renn» akademiyasining mahsuli bo‘lib, u yerda tezda birin-ketin barcha yosh toifasidagi jamoalarda harakat qilib chiqdi. «Qizil-qoralar»ning boshqa yorqin istiqboli Eduardo Kamavinga singari Lesli ham faoliyatini himoyachi sifatida boshlagan, biroq keyinchalik yoshlar murabbiylari futbolchini markazga o‘tkazishgan. Bolaning futbolchi bo‘lishga qarindoshlari ham ta’sir o‘tkazgan. Fransuzning amakisi Nigeriya terma jamoasining sobiq futbolchisi Onyekachi Apam bo‘lib, u Pekin Olimpiadasida milliy terma jamoa bilan kumush medalni qo‘lga kiritgan. Himoyachining o‘zi ham bir vaqtlar «Renn»da o‘ynagan, ammo jarohatlar tufayli 28 yoshida faoliyatini yakunlagan. Bir marta Onyekachi o‘z uyida o‘g‘irlab ketilgan, ammo 45 daqiqadan so‘ng uni qo‘yib yuborishgan. 

Qahramonimizga qaytamiz. Ugochukvu birinchi marta 2020 yil oktyabr oyida Chempionlar Ligasi doirasida «Sevilya» bilan mehmondagi o‘yin uchun «Renn» qaydnomasiga kirgan. Yigit bu vaqtda endigina 16 yoshda edi, u bazaga o‘zini kovid testini topshirish uchun chaqirilgan deb o‘ylagan edi, ammo ertasigayoq yarim himoyachi asosiy jamoa bilan Ispaniyaga uchib ketdi. Eslatib o‘tamiz, fransiyalik futbolchining amaldagi klubi «Chelsi» o‘shanda «Renn» bilan bir guruhda o‘ynagan va Lesli «Stemford Brij»dagi muhitni his qilgan. U zaxira o‘tirgan o‘yinda jamoasi 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan. O‘shandan beri juda ko‘p o‘zgarishlar sodir bo‘ldi: «Chelsi» o‘sha yili Chempionlar Ligasida g‘alaba qozondi, klub egasi o‘zgardi va o‘sha mavsumdagi ko‘plab YECHL g‘oliblarini sotib yubordi. Ugochukvu esa 17 yoshga to‘lganidan so‘ng «Renn» safida debyut qildi. O‘tgan mavsumda himoyachi «qizil-qoralar» safida barcha musobaqalarda 35ta o‘yinda maydonga tushdi va ko‘plab startlarni amalga oshirdi. 

Rivojlanish yo‘nalishini o‘zgartirgan «Chelsi» Ugochukvuning ishonchli o‘yini sabab sotib oldi va yarim himoyachi uchun 27 million yevro to‘ladi - bu uning transfer qiymatidan uch barobar ko‘p. Mish-mishlarga ko‘ra, Maurisio Pochettino kelishuvdan unchalik mamnun emas, chunki u futbolchini sotib olishni o‘ylab ham ko‘rmagan. Hozirda Lesli asta-sekin «aristokratlar»ning farm klubiga aylanib borayotgan «Strasburg»ga ijaraga berilishi kutilmoqda. 

Ugochukvu uzun bo‘yli, kuchli o‘yinchi, o‘zining kattaligi tufayli havodagi kurashlarda juda yaxshi harakat qiladi. Uni xarid qilganidan so‘ng ko‘pchilik «Chelsi» yangi Essyen sotib olgani haqida yozishni boshladi, ammo 2 yil oldin, fransuz futbolchisi «Renn» safida debyut qilganida, Londonning «Arsenal» klubi tayanch yarim himoyachisi Patrik Viyeyraning o‘yinini ko‘rgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Albatta, bularning barchasini solishtirishga hali erta. Ugochukuning qiladigan ishi ko‘p, jumladan, tezkor qaror qabul qilish, to‘p bilan tezlik va maydonda yaxshi joy tanlash. Lesli vaqti-vaqti bilan o‘z pozisiyasini yo‘qotib qo‘yishi mumkin, lekin uzun oyoqlari tufayli u raqibini tez quvib yetadi va to‘pni olib qo‘yadi. 

Ugochukvu «Renn» akademiyasining so‘nggi yillardagi eng yorqin iqtidoridir. Kamavingadan keyin, albatta. 27 million yevro juda jiddiy summa va yarim himoyachi bu pul bekorga to‘lanmaganini isbotlashi kerak. «Chelsi» Kaysedo uchun muzokaralar olib borishda qiynalayotgani va tayanch yarim himoyachisi yo‘qligi sababli Lesli o‘z imkoniyatini hozir qo‘lga kiritishi mumkin.

Ravshan IBROHIM tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:23, 18.08.2023.
O'qildi: 1999 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.