Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

"Manchester Yunayted"ning yarim himoyasini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan besh futbolchi

"Manchester Yunayted"ning yarim himoyasini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan besh futbolchi

Baho:
+ | -

"MYU" APLning yangi mavsumini 1-0 hisobidagi g‘alaba bilan boshlagan edi. Erik ten Xag jamoasi o‘z maydonida "Vulverxempton"ni kichik hisobda taslim etdi. Ammo aynan shu o‘yin ko‘rsatdiki, "qizil iblislar"da hali ham muammo bor va bu muammo maydon markazi bilan bog‘liq. Fernandesh va Maunt hujum chizig‘iga yaqinroq o‘ynagani sababli Kazemironing bir o‘zi muvozanatni saqlashga qiynaldi. Shu tufayli hozir "MYU"ga yarim himoyachi zarur. Quyida bu boradagi variantlarni ko‘rib chiqamiz.

Sofyan Amrabat

Yoz davomida mish-mishlar sahifasida albatta Amrabatning nomi qayd etildi. 26 yoshli futbolchiga katta klublar talabgor. Kimki, uning Jahon chempionatidagi o‘yinlarini ko‘rgan bo‘lsa, buning sababini bilib oladi. Amrabat Italiya A seriyasidagi eng yaxshi tayanch vakilidir. Shu sababli "MYU" uning xarididan faqat foyda ko‘rgan bo‘lardi. Hozirda Amrabat 30 million funtga baholangan va bu qiymat 2023 yilning yozi uchun ancha arzon sanaladi. Qolaversa, Erik ten Xag Amrabatni yaxshi biladi. Ular o‘tmishda "Utrext" klubida birga ishlagan.

Rayan Gravenberx

Erik ten Xag 2018 yilning sentyabrida 16 yoshli Gravenberxga Erdiviziyada debyut qilish imkonini bergan edi. Yarim himoyachi "Ayaks" akademiyasidan chiqqan eng iqtidorli futbolchilardan biri edi. U jamoasi uchun 100 dan ortiq o‘yinlarda ishtirok etib, 2022 yilda 18 million yevro evaziga "Bavariya"ga yo‘l oldi. Bir mavsum davomida Gravenberx Myunxenda asosiy tarkibga kira olmadi. Shu sabab 21 yoshli futbolchi jamoasini yangilamoqchi. Unga "Chelsi" va "Liverpul" qiziqish bildirgan. Shunga qaramay, "MYU" Gravenberx uchun yaxshiroq manzildir. Negaki, unga "qizil iblislar" ko‘proq muhtoj.

Amadu Onana

"Everton"ning bugungi moliyaviy holati Onanani sotishga majbur qiladi. Buning uchun belgiyalikka yaxshi taklif kelishi kerak. "MYU" yoz davomida bitta Onanani sotib olgandi. Endigi navbat ikkinchisiga yetdi. 22 yoshli yarim himoyachining jismoniy afzalliklari "MYU"ga ayni muddao bo‘lgan bo‘lardi.

Sheyk Dukure

Dukure APLda debyut mavsumini ajoyib tarzda o‘tkazdi. U "Kristal Pelas"ning 2022/23 yildagi eng yaxshi futbolchisiga aylangandi. 23 yoshli Mali terma jamoasi a’zosi "Liverpul" radarlari ostida turibdi. Biroq, "MYU" bu borada kurashib ko‘rsa bo‘ladi. Ammo London klubi o‘z o‘yinchisini 70 million funtdan kamiga sotmasligini bildirgan.

Frenki De Yong

Bu variant eng yaxshisidir. O‘tgan yozdan beri, aniqrog‘i, "MYU"ga Erik ten Xag kelganidan keyin, Frenki De Yong klub radarida turibdi. Ammo "Barselona" muhim vakilini allaqachon "teginib bo‘lmas" futbolchiga aylantirgan. De Yongning maydon markazida har qaysi ishni bajara olishi, uni tengsiz futbolchiga aylantiradi. Afsuski, bu boradagi harakatlar omadsiz tugashi katta ehtimoldir. Shunga qaramay, oldindan biror narsa deyish qiyin.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 10:03, 19.08.2023.
O'qildi: 3801 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.