Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv

Abduqodir Husanov “Manchester Siti”da oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Abduqodir Husanov “Manchester Siti”da oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov “Manchester Siti” muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, mart oyining eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Husanov ushbu sovrin uchun kurashda jamoadoshlari Rodri va Jeremi Dokuni ortda qoldirib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

“O‘zbekistonlik himoyachi mart oyi davomida ko‘rsatgan ishonchli va faol o‘yini bilan "Siti" muxlislarining mehrini qozonishda davom etmoqda. Ta’kidlash joizki, bu Abduqodir uchun 2026-yildagi ikkinchi shunday mukofotdir. U yanvar oyida ham muxlislar talqiniga ko‘ra oyning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritgan edi”, deyiladi klub matbuot xizmati bergan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov 2025-yilning yanvar oyida “Manchester Siti” a’zosiga aylangan edi. O‘tgan davr mobaynida o‘zbekistonlik himoyachi uch bor oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Xususan, Husanov 2025-yilning fevral hamda 2026-yilning yanvar va mart oylarida jamoaning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etilgan.

Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” tarixida oyning eng yaxshi futbolchisi sovrinini eng ko‘p bor Kevin De Bryuyne qo‘lga kiritgan — belgiyalik yarim himoyachi ushbu mukofotni 17 marta o‘ziniki qilgan. Ikkinchi o‘rinda argentinalik hujumchi Serxio Aguero qayd etilgan bo‘lsa, kuchli uchlikni 10 ta sovrin bilan David Silva yakunlab bergan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:48, 01.04.2026.
O'qildi: 593 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик