Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Gleyson Bremer: «Yuventusda» o‘ynasangiz, faqat g‘alabaga ishonasiz»

Gleyson Bremer: «Yuventusda» o‘ynasangiz, faqat g‘alabaga ishonasiz»

Baho:
+ | -

Gleyson Bremer - uyatchan yigit, bu esa braziliyaliklarga unchalik xos emas. «Men kamgap odamman, oilam, xotinim va qizim bilan vaqt o‘tkazishni yaxshi ko‘raman.

 Mening hayotim - uy-ish, ish-uy». Uning vazifasi - Bayya shtatining Itapitanga shahrida o‘tgan bolalikdagi orzusi futbol o‘ynash. U «Yuventus»ni katta-katta g‘alabalar uchun tanladi va maqsadga erishish uchun qat’iyatga to‘la.

- Gleyson, ayting-chi, o‘tgan yozdan beri siz uchun nima o‘zgargan?

- Aslida, jiddiy o‘zgarish yo‘q. Endi men jamoamizni yaxshiroq bilaman va ishlar ham osonlashdi.

- Allegri sizdan so‘ragan yangi narsa bormi?

- O‘tgan yili biz past chiqish bilan ko‘p o‘ynamadik. Hozir esa shu va intensivlik ustida ko‘proq ishlayapmiz. Murabbiy bizdan so‘ragan birinchi narsa shu edi.

- O‘tgan mavsum shaxsan siz uchun qanday o‘tdi?

- Ijobiy deb atagan bo‘lardim. Ammo yaxshiroq o‘tkazish ham mumkin edi. Shunday bo‘lsa-da, bu yerda - «Yuventus»da birinchi yil har doim ham oson bo‘lmasligini aytishim kerak. Men baxtliman va endi keyingi mavsumni yaxshiroq o‘tkazish uchun noldan emas, balki ma’lum tajriba va maqsadlardan boshlayman.

- Keling, maqsadlaringizga to‘xtalamiz. 2023|24 mavsumida jamoa darajasida va shaxsan sizniki qanday bo‘ladi?

- Jamoaviy ravishda biz o‘tgan yilgi natijalarimizni yaxshilashimiz kerak, chunki Allegri mavsumni 3-o‘rinda yakunlaganimizga ishonadi. Agar siz «Yuventus»da o‘ynasangiz, unda faqat g‘alabaga ishonasiz. Hozir qurilish bos­qichidamiz va birinchi qadamimiz Chempionlar Ligasiga kirish bo‘ladi. Uning borishini esa chempionat davomida ko‘ramiz. Kim biladi, ehtimol Skudetto haqida o‘ylashimiz mumkindir.

- Agar jamoa yevrokuboklarda o‘ynamasa, chempionlik unvoni uning uchun zaruriy shart bo‘ladimi?

- Bunday jadval bizga faqat chempionatga e’tibor qaratishimizga imkon beradi. Ikki yil oldin, men «Torino»da o‘ynayotgan paytimda, mashq qilish uchun ko‘proq vaqtimiz bor edi. Albatta, har uch kunda maydonga chiqish qiyin. Yangi mavsumning dastlabki ikki oyida siz buni sezmasligingiz mumkin, ammo uchinchi oyda charchoq albatta keladi. Men o‘tgan mavsumda juda ko‘p o‘ynaganman va bu yil boshqacha bo‘ladi, lekin «A» seriyadan tashqari bizda Italiya Kubogi ham bor.

- Siz YECHLda o‘ynash uchun «Yuventus»ga o‘tdingiz. Ushbu turnirda ishtirok etmaslik afsuslanishmi yoki yevrokuboklar yetishmasligini yangi imkoniyatga aylantirish istagimi?

- Albatta, afsuslanish bor, chunki Chempionlar Ligasi bu boshqa daraja, lekin ruhni tushirmaslik kerak, chunki bizda mashg‘ulotlar va progress uchun ko‘proq imkoniyatlar bo‘ladi. «Yuve» har doim «Yuventus» bo‘lib qoladi, hatto Chempionlar Ligasisiz ham.

- Gollar himoyachi uchun asosiy mezondan uzoqdir, lekin siz muntazam ravishda gol urishga odatlangansiz. Ushbu mahoratdagi ko‘rsatkichlaringizni yaxshilashni xohlaysizmi?

- O‘tgan yili 4ta gol urdim, lekin ko‘proq urmoqchi edim. Mening rekordim - mavsumda 5ta gol va men uni ko‘paytirishga harakat qilaman.

- «Yuventus»ga ko‘chib o‘tganingizdan so‘ng, sizni Kyellini ilhomlantirishini aytgandingiz. Unga qaysi jihatlar bilan o‘xshayman, deb o‘ylaysiz?

- Jorjio bilan tez-tez suhbatlashaman, u AQSHdagi bazamizga ham tashrif buyurdi. U «Yuventus» tarixining bir qismidir. Uning raqamini olishdan oldin ruxsatini oldim, albatta.

- Bolalikdagi kumiringiz kim edi?

- Faoliyatimning boshida yarim himoyachi edim, chunki raqib darvozasiga yaqinroq o‘ynashni va gol urishni xohlardim. Menga Kazemiro yoqardi, keyin Tyago Silva va Lusiolarga ko‘proq e’tibor bera boshladim.

- Bonuchchi yo‘qligini hisobga olib, ko‘proq mas’uliyatni his qilyapsizmi?

- Albatta. Men Danilo bilan ko‘p muloqot qilaman, biz braziliyaliklar bir-birimizni yaxshiroq tushunamiz. Jamoada yoshlar juda ko‘p, shuning uchun men ularga o‘rnak bo‘lishim kerak.

- Siz ham Osimxenni «A» seriyadagi himoyachi uchun eng qiyin raqib deb hisoblaysizmi?

- Italiyada - ha, Chempionlar Ligasida esa men Mbappe va Neymarga qarshi o‘ynaganman, ular bilan kurashish juda qiyin. Shuningdek, Immobile va Jiruni ham esdan chiqarmaslik kerak.

- «Milan» sizda qanday taassurot qoldirdi?

- Jamoaga Pulishich va Loftus-CHik kabi futbolchilar qo‘shilishdi - bu katta transferlar. Ular qanday qilib futbol o‘ynashni bilishadi, o‘z ishlarida yaxshi va ularning hujumchilari juda zo‘r. O‘ylaymanki, ular «Inter» va «Napoli» bilan chempionlik unvoni uchun kurashadilar.

- «Yuventus» hali ko‘p o‘zgarmadi, o‘tgan mavsumdagi qaysi futbolchi bu yil «xit» bo‘lishi mumkin?

- Bizda Fajioli, Miretti va Gatti kabi o‘sishga qodir yosh yigitlar bor va men ham bunga kuch sarf­layman. Agar «Torino»dagi so‘nggi mavsumim darajasiga chiqa olsam, mamnun bo‘lardim. Endi «Yuventus»daman, o‘tgan mavsum esa moslashish uchun ketdi.

- Jamoada qolishga 100 foiz aminmisiz yoki APLdan taklifni qabul qilish haqida o‘ylaysizmi?

- Premyer-liga muhim chempionat, lekin men Italiyaning eng yaxshi jamoasi «Yuventus»­da qolishni xohlayman. Men bu yerda muvaffaqiyat qozonishni xohlayman, kelajakda nima bo‘lishini hech qachon bilmaysiz, ammo hozir barcha fikr­larim faqat «Yuventus»da.

- Braziliya terma jamoasining navbatdagi murabbiyi italiyalik Anchelotti bo‘ladi...

- Albatta. O‘tgan yili men uchinchi|to‘rtinchi himoyachi sifatida jahon chempionatiga bordim, ammo maqsadim asosiy o‘yinchi bo‘lishdir. Men Anchelotti bilan hech qachon aloqada bo‘lmaganman, lekin italiyalik sifatida u «A» seriyani kuzatayotganiga aminman.

 MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:15, 19.08.2023.
O'qildi: 937 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.