"Vest Xem Yunayted" bosh murabbiyi Devid Moyes Jessi Lingard haqida fikr bildirdi. U shunday deydi:
"U ayni damda biz bilan mashg‘ulotlar o‘tamoqda. Ko‘ramiz, Lingard sport formasini tiklab, yaxshi darajaga chiqa olarmikin. Ammo hali unga qisqa muddatli shartnoma taklif etish borasida o‘ylamayapmiz. Lingard keyingi hafta ham shu yerda bo‘ladi".