Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

"Chelsi" sotib Maykl Oliseni qo‘ldan chiqardi. Uning o‘rniga kelishi mumkin bo‘lgan besh nomzod

"Chelsi" sotib Maykl Oliseni qo‘ldan chiqardi. Uning o‘rniga kelishi mumkin bo‘lgan besh nomzod

Baho:
+ | -

"Chelsi" yoz davomida "oldi-sotdi"larda eng faol qatnashgan jamoalardan biri edi. Todd Boeli o‘z jamoasini ancha kuchaytirib oldi. Klub yaqindagina "Kristal Pelas"dan Maykl Olise ismli hujumchini olishi haqida xabarlar tarqalgandi. 21 yoshli futbolchi 35 million funtlik tovon puliga ega bo‘lgan. Biroq u kelmadi. Buning o‘rniga "burgutlar" Oliseni yangi bitimga bog‘lab qo‘ydi. Quyida "Chelsi" uchun muqobil variantlar nomini ko‘rib chiqamiz.

Brennan Jonson

"Chelsi" shundoq ham Jonsonga qiziqish bildirib turgandi. Uels terma jamoasi a’zosi 50 million funtga tushishi aytilgan. Tomonlar bu borada allaqachon muzokaralarga kirishgani aytilmoqda. Jonson "Nottingem"ni APLga chiqishi va elitada qolishida katta hissa qo‘shgan edi.

Muhammad Kudus

"Chelsi" ushbu xaridni amalga oshirsa, "Vest Xem"ni ham "Liverpul" ahvoliga solgan bo‘lardi. Negaki, Kudusga "Vest Xem" jiddiy da’vogarlik qilmoqda. O‘tgan mavsum davomida Gana terma jamoasi a’zosi barcha musobaqalarda jami 18 ta golga mualliflik qilgan edi. 22 yoshli futbolchi 40 million funtga tushishi aytilgan. Ayni damda bu masalani hal qilish uchun "Vest Xem" sport direktori Amsterdamda bo‘lib turibdi. Shu sabab "Chelsi" tezroq otni qamchilashi kerak.

Bradli Barkola

Fransuz matbuoti tarqatgan xabarlarga ko‘ra, "Lion" vingeri Barkola "Chelsi" radariga tushgan. Bu futbolchi uchun "PSJ" ham kurashayotgani aytilmoqda. Ayni damda Barkolaning narxi 35 millionni tashkil etadi. U o‘tgan mavsum davomida jami 7 ta gol va 12 ta assistga mualliflik qilgan. 20 yoshli futbolchining o‘zi APLga o‘tishga tayyor.

Elye Vai

"Chelsi" ham ko‘plab APL klublari singari Vaining xaridoriga aylangan. Hattoki londonliklar hujumchi evaziga 24 million funt taklif etgandi. Ammo bu qiymat "MonpelYE" rahbariyatiga yetarli bo‘lmadi. Vai o‘tgan mavsumda 33 ta bahsda 19 ta golga mualliflik qilgan. Shunga qaramasdan, agarda "Chelsi" uni sotib olsa, katta ehtimol bilan ijaraga beradi. Bu ijarachi klub esa "Starsbur" bo‘lishi mumkin.

Rayan Sherki

Sherki yoz davomida "Chelsi" tomonidan kuzatib kelinayotgan edi. Futbolchi endigina 20 ga to‘ldi va yorqin kelajak uni oldinda kutmoqda. O‘tgan mavsum davomida u 21 marta maydonga tushib, 4 ta gol va 6 ta assist qayd eta olgan. "Lion" Sherkini sotmaslik uchun qattiq harakat qilmoqda. Shunga qaramay, yaxshi taklif uchun yo‘q deya olmasa kerak. Sherki har ikki oyog‘ida birdek kuchli zarbaga ega. Agarda u bu yozda sotib olinmasa, futbolchining 2024 yilda katta ehtimol bilan narxi oshib ketadi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 21:21, 19.08.2023.
O'qildi: 1681 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.