Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Dunyoning eng qimmat klublari o‘ntaligi

Dunyoning eng qimmat klublari o‘ntaligi

Baho:
+ | -

Ushbu yoz futbol tarixida eng ko‘p pul sarflangan davr sifatida yodimizda qoladigan bo‘ldi. Bunda eng katta mablag‘lar, kutilganidek kuchli beshlik chempionatlari tomonidan sarflandi. Ular ichida APL – tengsiz. Quyida transferlarga mablag‘ sarflashdan tashqari, butun boshli klub miqyosidagi eng qimmat jamoalarni bilib olasiz.

10. "Arsenal" – 2.26 milliard dollar

"Arsenal" hozir dunyoning yetakchi jamoalari qatoriga kirdi. Buni inkor etib bo‘lmaydi. Mikel Arteta jamoasi hozir eng qimmat tarkibga ega. Hammasi endigina boshlangandek tuyulmoqda. Ammo bu uchun ancha mehnat sarflangan. Agarda shu yo‘nalishda davom etilsa, "Arsenal" bu ro‘yxatda yanada odimlaydi.

9. "Tottenxem" – 2.8 milliard dollar

"Tottenxem" qimmatlik borasida o‘zining Shimoliy Londondagi raqibidan oldinda turadi. Garchand klub o‘n yillardan beri sovrin yutmagan bo‘lsada, ular so‘nggi 8 mavsumdan beshtasida YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Qolaversa, yaqin yillar ichida "Tottenxem" yirik stadion barpo etdi.

8. "Chelsi" – 3.1 milliard dollar

Todd Boeli "Chelsi"ni bundan bir yil ilgari 5.2 milliard dollarga xarid qildi. Bu esa klubning real qiymatidan qariyb 2 milliardga ko‘proq deganidir. Bu mavsumda yevrokuboklarsiz qolgan jamoaning tushumlari kamayishi turgan gap. Shunga qaramay, tez orada "aristokratlar"ni yana YECHLda ko‘rsak, ajablanmaymiz.

7. "PSJ" – 4.21 milliard dollar

Parij klubi shu kunlarda Yevropadagi eng tartibsiz jamoa bo‘lib turibdi. Hammasi Kilian Mbappe holati bilan bog‘liq. Shunga qaramay, "PSJ" Yevropa miqyosida o‘z o‘rniga ega bo‘lib ulgurgan. Uning 4 milliardlik qiymati ham shundan dalolat beradi.

6. "Bavariya" – 4.68 milliard dollar

Myunxen klubi har tomonlama ideallikka yaqindir. Xususan, klub rahbariyati transferlar oynasida hech qachon o‘zini urintirib qo‘ymaydi. Ammo bu yozdagi Keyn xaridi bundan mustasno. "Bavariya" doimo Yevropada yuqori daraja namoyish etib keladi. Germaniyada esa hali ham unga teng keladigani yo‘q.

5. "Manchester Siti" – 4.99 milliard dollar

Qariyb o‘n yildan beri APLda dominantlik qilib kelayotgan klub qimmat bo‘lmasligi mumkin emas. "Manchester Siti" o‘tgan mavsumda rekord darajada, 815 million dollar foyda ko‘rganini ma’lum qilgandi. Bu esa futbol tarixidagi mutlaq rekord sanaladi. Trebl sohiblari yangi mavsumni ham fantastik darajada boshladi. Gvardiola Yevropani boshqarishda davom etmoqda.

4. "Liverpul" – 5.29 milliard dollar

Mersisaydliklar rahbariyati klub moliyasini uzoq yillardan beri muvaffaqiyatli boshqarib kelmoqda. Hozirgi kunda "Liverpul" o‘z stadionini ta’mirlamoqda. Qolaversa, klubda katta sovrinlar uchun kurashishga qodir jamoa shakllanib ulgurgan.

3. "Barselona" – 5.51 milliard dollar

Garchand moliyaviy bo‘xronlar ostida qolgan bo‘lsa ham, "Barselona" dunyoning uchinchi eng qimmat jamoasi bo‘lib turibdi. Katta tavakkallar ostida, klub tiklana boshladi. Ispaniya chempionlarini Forbes nashri 5.51 milliardga baholadi. Bu esa bir yil oldingi qiymatdan 10 foizga ko‘proqdir.

2. "MYU" – 6 milliard dollar

Ser Aleks Fergyusondan keyingi davr "Manchester Yunayted"ga faqat muammo keltirdi. Klub avvalgi darajasini tiklashga qiynalmoqda. Ammo moliyaviy masalalarga kelganda, "MYU" doimo yetakchilardan biri sanaladi. So‘nggi bir yil davomida klub qiymati 30 foizga oshdi va bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

1. "Real" – 6.07 milliard dollar

Boshqa hech bir klubni bu borada yetakchi deb bo‘lmaydi. "Real" doimo o‘z darajasini har jabhada namoyish etib kelgan. Qiymat masalasida ham madridliklar ustunlikka ega. "Real" 1 milliard yevro evaziga "Santyago Bernabeu"ni ta’mirladi. Shuningdek, klub Bellingem kabi 100 millionlik futbolchilarni hech ikkilanmay sotib olmoqda. Shunday ekan, "Real"ning moliyaviy qudratiga shubha qila olmaysiz.

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 12:51, 20.08.2023.
O'qildi: 7800 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.