Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

O‘zbekiston superkubogi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston superkubogi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi

Baho:
+ | -

24 avgust kuni O‘zbekiston superkubogi uchrashuvi Jizzaxda o‘tkazilishidan xabaringiz bor. «Paxtakor» va «Nasaf» jamoalari o‘rtasidagi qarama-qarshilik 19:30 da start oladi.

23 avgust kuni o‘yinoldi tadbirlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Shu kuni 17:30 da «Paxtakor» klubi bosh murabbiyi Maksim Shatskix va jamoa sardori Dragan Cheran ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. 18:00 da esa «sherlar» bellashuv o‘tadigan stadionda o‘yinoldi rasmiy mashg‘ulot o‘tkazadi. 50 daqiqalik mashg‘ulotning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq bo‘ladi.

18:45 da «Nasaf» klubi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev va jamoa yetakchilaridan biri bo‘lgan Lima Kruz OAV xodimlari savollariga javob qaytaradi. Nominal mehmon sifatida qarshiliklar 19:30 da mashg‘ulotga kirishadi va uning ham dastlabki 15 daqiqasiga jurnalistlar tashrif buyurishi mumkin.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 17:54, 21.08.2023.
O'qildi: 1566 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик