Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

MLS yoki Saudiya chempionati: Kimning ligasi kuchliroq?

MLS yoki Saudiya chempionati: Kimning ligasi kuchliroq?

Baho:
+ | -

Ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilar soni bo‘yicha sayyoramizning birinchi raqamli kishisi bo‘lmish Krishtianu Ronaldu bir necha qiziqarli bayonotlarini e’lon qildi:

— «O‘lik» holatdagi Italiya chempionati u kelganidan keyin jonlandi;

— Endi u Yevropa futboliga qaytmaydi;

— 38 yoshda milliy terma jamoadagi faoliyatini to‘xtatish niyatida emas;

— Saudiya Arabistoni chempionati MLSdan yaxshiroq.

Afsonaning so‘nggi e’tirofi alohida e’tiborga loyiq. Kengroq mulohaza qilganda, Ronaldu «yaxshiroq» iborasi orqali «kuchliroq» ma’nosini ifoda etgan. Chunki tashkilotchilik bobida Saudiya AQSHdan ustun emas. O‘yin saviyasi esa - mushkul jumboq. Portugaliyalik afsonaning e’tirofi nechog‘li haqiqat? Yoki bu shunchaki, tilyog‘lamachilikmi? Qaysi liga kuchliroq ekanligi xususida aniq javob mavjud emasligini hozirning o‘zida ta’kidlash mumkin. Lekin qiyoslash mumkin bo‘lgan bir qator ko‘rsatkichlar bor.

TRANSFERMARKT

Ko‘rsatkichlardan biri - futbolchilarning narx-navolari. Transfermarktning baholari kamchiliklardan xoli bo‘lmasada, transferlar uchun mo‘ljal bo‘la oladi. Saudiya Arabistoni chempionatidagi barcha futbolchilarning umumiy qiymati 903 mln. yevro, MLSdagilarniki esa - 1,25 mlrd. bu borada ustunlik ummon orti vakillarida. Lekin inobatga olish shart bo‘lgan nozik jihat ham yo‘q emas - Saudiya chempionatida 18ta, MLSda 29ta jamoa o‘ynaydi.

Qizig‘i shundaki, MLS klublari orasida eng qimmatbaho klub - Leo Messini o‘z safiga qo‘shib olgan Mayamining «Inter» jamoasi. Undagi o‘yinchilarning umumiy qiymati 84 mln. yevro. Saudiya Arabistonining 4ta klubi nisbatan qimmatroq: «Al-Hilol» (200 mln.), «Al-Nasr» (153 mln.). 150 mln. yevroga baholangan «Al-Ahli» esa 3-o‘rinda. 4-o‘rindagi «Al-Ittihod» 119 mln. yevroga baholangan. Biroq gap ligalar ustida ketar ekan, barcha jamoalarni hisobga olish lozim. Saudiyaning 18 klubidan 12tasining qiymati 25 mln. yevrodan oz, MLSdagi eng past ko‘rsatkich esa 29 mln. yevro. Futbolchilarning o‘rtacha qiymati arablarda 921000 yevro, MLSdagilarniki 1,4 mln. yevro.

LIGALAR REYTINGI

Yanada bahsliroq format. Chunki ulardagi ko‘rsatkichlar bir-biriga zid. Masalan, yanvar oyida Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federasiyasi (FTSXF) tomonidan chop etilgan reytingda Saudiya 40, AQSH esa 43-o‘rinlarni band etgan. Lekin yanvar oyidan boshlab vaziyat keskin o‘zgara boshladi (hech bo‘lmaganda ko‘chib kelayotgan yulduzlar soni bo‘yicha). Aslida, mazkur reyting bo‘yicha savollar yetarli. Boisi, unda Braziliya chempionati peshqadam, APL va La Liga undan keyin.

Twenty Fist Group analitik kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan reyting ancha tushunarli va haqiqatga yaqin: APL, La Liga, «A» seriyasi, Bundesliga, Liga1 (aynan shunday tartibda). Mazkur reytingda MLS 11-o‘rinda, Saudiya chempionati esa 15-pog‘onada.

TOP-TERMA JAMOALAR O‘YINCHILARI

Bu ko‘rsatkichni o‘zimiz ko‘rib chiqishni lozim topdik. Shu maqsadda FIFA reytingidagi yetakchi 15ta terma jamoa tarkibidan nechta futbolchi Saudiyada va MLSda to‘p surishini aniqladik. To‘g‘ri, bu yo‘nalishdagi ma’lumotlar ham nuqsonsiz emas. Masalan, Benzema hozir terma jamoada emas, lekin Saudiya chempionatining nufuzini oshirgani aniq. Navbatdagi muammo shuki, rasmiy hisob-kitoblarga ko‘ra, MLS Saudiya chempionatidan 18:5 hisobida oldinda. Biroq yana shunisi ham borki, 18 nafar futbolchi orasida argentinalik Messi, ispaniyalik Alba va shveysariyalik Shakiri bor. Qolgan 15 nafari AQSH terma jamoasi o‘yinchilari! Saudiya chempionatida esa xorvat Brozovich, portugaliyalik Ronaldu va Nevesh, shuningdek, marokashlik Hamdalla va Muhammadilar to‘p surishmoqda. Agar top-termalarning yetakchi o‘nligi bilan cheklanadigan bo‘lsak, hisob Saudiya foydasiga 2:3 ko‘rinishini oladi. Ya’ni, Messi - Alba juftligi Ronaldu - Nevesh - Brozovich triosiga qarshi. Lekin, Neymarning «Al-Hilol»ga o‘tgani tasdiqlandi, demak, vaziyat butkul o‘zgarib ketadi. Buning ustiga, top-futbolchilarning Saudiya tomon  oqimi to‘xtamayapti...

Yuqorida zikr etilganidek, Krishtianuning haq yoki nohaq ekanligi xususida aniq javob yo‘q. Ha, uning haq ekanligini tasdiqlaydigan yana bir ishonarli dalil mavjud: klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida Saudiyaning «Al-Hilol» klubi finalgacha yetib borgan va hal qiluvchi bahsda «Real»ga 3:5 hisobida imkoniyatni boy bergandi. MLS klublari esa hech qachon turnirning bu bosqichiga chiqa olishmagan.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 09:31, 22.08.2023.
O'qildi: 3997 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.