Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Andijon hokimi: "Hebayga mashina, qolgan futbolchilarga Iphone 14"

Andijon hokimi: "Hebayga mashina, qolgan futbolchilarga Iphone 14"

Baho:
+ | -

Superliga 17-turi doirasidagi «Andijon» - «Olimpik» (2:1) o‘yinidan keyin Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov stadionda futbolchilar bilan g‘alabani nishonlab, gol muallifiga aylangan Rubin Hebayga istalgan avtomashinasini borib tanlashini, qolganlarga esa «Iphone 14» smartfonlari sovg‘a qilinishini aytdi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.

«Futbolchilarga nimalarni va’da qilgan bo‘lsam, hammasini beraman», - degan viloyat hokimi tribunadagi muxlislarga qarata mikrofon bilan.

So‘ng maydonda jamoaning albaniyalik legioneri Rubin Hebayni chaqirib, unga ertaga avtosalonga borib, istalgan avtomobilni tanlashi mumkinligini aytdi.

«Ertaga borib mashinani tanlasin. Sen mashinani orzu qilganmiding, ertaga borib o‘zing tanla. Sen qaysini tanlasang, gap bo‘lishi mumkinmas, beramiz. Qolganlarga «Ayfon 14», - deydi Shuhrat Abdurahmonov.

Ma’lumot uchun, «Andijon» klubi ushbu g‘alaba evaziga 24 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.

Bir necha oy oldin klubga «UzAuto Motors» bosh homiyga aylangani xabar qilingan, «O‘zavtosanoat» rahbari Ulug‘bek Ro‘ziqulov «Andijon» jamoasi bilan uchrashgandi.

Manba: Kun.uz
Kiritildi: 11:27, 22.08.2023.
O'qildi: 6423 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик