Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

O‘zbek futboliga atalgan kun!

O‘zbek futboliga atalgan kun!

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

22 avgust tom ma’noda yurtimiz futboli uchun omadli o‘tdi desak, yanglishmagan bo‘lamiz.

Kun muvaffaqiyatini Igor Sergeevning xet-trigi ochib berdi. Hamyurtimiz harakat qilayotgan Tailandning "Patxum Yunayted" jamoasi OCHL pley-offida Oskar to‘p tepadigan "Shanxay Port" klubi mehmoni bo‘lib, aynan Igorning 3 ta goli evaziga guruh bosqichiga yo‘l oldi - 3:2. Shubhasiz, hujumchimiz o‘yinning eng yaxshisi deb e’tirof etildi.

Keyin esa "Al-Vakra" hamda "Navbahor" ishtirokidagi bahs boshlandi. Namanganliklar butun o‘yin davomida ishonchli harakat qilgan xolda Qatar jamoasini "bo‘g‘ib qo‘yishga" erishdi. To‘g‘ri, asosiy vaqtda hisob ochilmagan bo‘lishi mumkin, ammo aynan 2-bo‘limda raqib jamoa himoyachisi Xolid Shurrab vakillarimizga nisbatan ishlatgan qo‘polliklari uchun ikki bor (60, 80) ogohlantirilib, maydondan chetlatildi. Qo‘shimcha bo‘limlarning dastlabkisida, aniqroq qilib aytganda 98-daqiqada Shahboz Jo‘rabekov o‘ng qanotdan to‘pni Doniyor Abdumannopovga yetkazib berdi. Vingermiz jarima maydonchasiga yorib kirib, o‘tkir burchakdan darvozani ishg‘ol qildi va namanganliklarga OCHL yo‘llanmasini taqdim etdi.

"Navbahor"ning g‘alabasi ketidan OKMK ham muvaffaqiyatli kunni davom ettirdi. Olmaliqliklar "Al-Arabiy"ga qarshi kechgan bahsda Rafinya, Umar As-Soma, Abdu Diallo kabi tajribali futbolchilar oldida o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. Dastlabki bo‘limda ham, 2-taymda ham aynan "konchilar" vaziyatlar yaratishda raqibdan anchagina faolroq harakat qilishdi. Shunday hujumlardan birida Abdulla Abdullayev qanotdan oldinga o‘tdi va to‘pni jarima maydoniga yetkazib berdi, bu yerda zarba berishga shay turgan Ruben Sanches to‘pni to‘xtatmasdan Qatar klubi darvozasiga "mixlab qo‘ydi". Goldan so‘ng mezbonlar oldinga o‘tishga harakat qilishdi, ammo himoyadagi Anzur Ismoilov, Islom To‘xtaxo‘jayev va boshqalarning ishonchli o‘yini sabab raqibda deyarli imkon bo‘lmadi. Shunday qilib, OKMK o‘z tarixida ikkinchi bor OCHLga yo‘l oldi.

Shuningdek, yana bir hamyurtimiz Azizjon G‘aniyev harakat qilayotgan "Shabab Al-Ahli" jamoasi ham OCHL pley-offida "An-Nasr"ga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Ammo afsuski ular o‘yinda 2:4 hisobida imkoniyatni boy berishdi. O‘yinda Taliska 5-daqiqadayoq hisobni ochdi. Bu golga dubayliklardan Yahyo Al-Gassani 18 va 46-daqiqalarda javob qaytardi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. O‘yin yakuniga 2 daqiqa qolganda mezbonlar Sulton Al-Ganam kiritgan gol evaziga tablodagi natijani tenglashtirdi. O‘yinni ekstra-taymlarga qadar olib borishga harakat qilgan "Shabab Al-Ahli" 90+5-daqiqada yana o‘sha Taliskani bo‘sh qoldirdi va gol "edi". 90+6-daqiqada esa Marseo Brozovich matchga yakuniy nuqtani qo‘ydi - 4:2.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 01:18, 23.08.2023.
O'qildi: 5076 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.