«PSJ» futbolchilari joriy mavsum uchun sardorni saylashdi.
"RMC Sport" tarqatgan xabarga ko‘ra, o‘yinchilar yashirin ovoz berish yo‘li bilan himoyachi Markinyosni sardor sifatida qoldirishdi.
Danilo Pereyra birinchi vise-sardor etib tayinlangan bo‘lsa, Presnel Kimpembe — ikkinchi, Kilian Mbappe uchinchi vise-sardorga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, «PSJ» Fransiya chempionatining dastlabki 2 ta turida durang qayd etdi.