Xabaringiz bor, o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov yaqinda Fransiyaning "Lans" klubiga ko‘chib o‘tdi. Fransiyaliklar uni Belarusning "Energetik-BGU" klubidan sotib olishdi.
Tvitterdagi "Football Talent Scout" sahifasi tarqatgan xabarga ko‘ra, "Lans" 19 yoshli futbolchi uchun "Energetik" klubiga 100 ming yevro to‘lagan.