Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Fiorentina" A Seriya klubidan yarim himoyachi olmoqchi

"Fiorentina" A Seriya klubidan yarim himoyachi olmoqchi

Baho:
+ | -

"Udineze"da to‘p tepayotgan serbiyalik 21 yoshli yarim himoyachi Lazar Samardjich Italiyaning boshqa klubiga o‘tishi mumkin. Football Italia jurnalistlari xabariga ko‘ra, futbolchining xizmatlariga "Fiorentina" qiziqish bildirmoqda.

Florensiya klubi yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar kelishuvni yakunlash niyatida. "Binafsharanglilar" rahbariyati Samarjich uchun 18 million yevro va Rikkardo Sottilning huquqlarini berishga tayyor.

Italiya chempionatining so‘nggi mavsumida Lazar 37 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining “Udineze” bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi.

Kiritildi: 12:15, 23.08.2023.
O'qildi: 691 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.