"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchilar Rodrigo va Vinisius Juniorning yangi tizimga qanday moslashgani haqida gapirdi.
“Vinisius va Rodrigo yangi tizimga yaxshi moslashishdi. Men Vinisiusni bu pozisiyada o‘ynashga majburlamaganman. U juda aqlli futbolchi va u qayerda o‘ynashni tanlaydi", - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
Vinisius yangi mavsumda Ispaniya chempionatining ikki turida bitta gol urdi. Rodrigo haqida ham shunday deyish mumkin.