Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Kelishilgan o‘yinlarni tashkil qilgan «Andijon SGS» klubi o‘yinchilari va o‘zbek hakami futboldan chetlatildi

Kelishilgan o‘yinlarni tashkil qilgan «Andijon SGS» klubi o‘yinchilari va o‘zbek hakami futboldan chetlatildi

Baho:
+ | -

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Etika qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda “Andijon SGS” klubi futbolchilari hamda O‘zbekiston futbol hakamlari markazi hakami Lochin Dolimovning kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etganligi to‘g‘risidagi ish koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston Pro ligasida hakamlik qilib kelgan O‘zbekiston futbol hakamlari markazi hakami L.Dolimov oʻzining tanishi orqali xorijdagi A. ismli shaxs bilan Telegram messenjerida aloqa oʻrnatib, kelishilgan oʻyinlarni tashkil etishga uringan. Shuningdek, L.Dolimov “Andijon SGS” klubining futbolchilari Shaxbozbek Jumaboyev, Dilmurod Abdukaxxarov va Javohir Qilichev bilan til biriktirgan holda 2023-yil 25-may kuni Pro liga doirasidagi “Navbahor Farm” va “Andijon SGS” o‘rtasidagi uchrashuvning najijasiga ta’sir oʻtkazib, uchinchi shaxslar yordamida bukmekerlik kontoralari orqali pul tikib, moddiy manfaat koʻrganlar.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Etika qoʻmitasi mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston futbol hakamlari markazi hakami L.Dolimovni OʻFA Intizom kodeksining tegishli bandlarini buzgani uchun aybdor deb topdi. Unga nisbatan futbol bilan bogʻliq faoliyatning barcha turidan umrbod chetlatish hamda jarima intizom jazosi qo’llanildi.

Shuningdek, “Andijon SGS” klubi futbolchisi Sh.Jumaboev O‘FA Intizom kodeksining tegishli bandlariga asosan aybdor deb topilib, unga nisbatan futbol bilan bog‘liq faoliyatning barcha turidan umrbod chetlatish hamda jarima intizom jazosi tayinlandi.

Yuqoridagilar bilan birga, futbolchilar D.Abdukaxxorov hamda J.Qilichev O‘FA Intizom kodeksining tegishli bandlariga koʻra aybdor deb topilib, D.Abduqaxxorovga nisbatan futbol bilan bog‘liq faoliyatning barcha turidan 2 yil muddatga chetlatish hamda jarima intizom jazosi; J.Qilichevga nisbatan esa futbol bilan bog‘liq faoliyatning barcha turidan 1 yil muddatga chetlatish hamda jarima intizom jazosi tayinlandi.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi kelishilgan oʻyinlarni aniqlash boʻyicha FIFA, OFK, “Sportradar” va boshqa tegishli tashkilotlar bilan muntazam ravishda hamkorlik qilib kelayotganligini maʼlum qiladi. Oʻz navbatida, kelgusida aniqlanadigan holatlar yuzasidan aybdor shaxslarga nisbatan qatʼiy choralar koʻrilishi toʻgʻrisida ogohlantiradi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 19:15, 24.08.2023.
O'qildi: 3264 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.