Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/06 00:00 Germaniya 2-0 Daniya
30/06 05:00 Kanada 0-0 Chili
30/06 05:00 Argentina 2-0 Peru
30/06 20:00 Nasaf 3-2 Navbahor
30/06 20:00 Metallurg 1-4 Olimpik
30/06 21:00 Angliya 2-1 Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya 4-1 Gruziya
01/07 05:00 Yamayka 0-3 Venesuela
01/07 05:00 Meksika 0-0 Ekvador
01/07 19:30 Neftchi - Paxtakor
01/07 21:00 Fransiya - Belgiya
02/07 00:00 Portugaliya - Sloveniya
02/07 06:00 AQSh - Urugvay
02/07 06:00 Boliviya - Panama
02/07 21:00 Ruminiya - Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya - Turkiya

Kechaning muhim transfer yangiliklari

Kechaning muhim transfer yangiliklari

Baho:
+ | -

Klublar o‘z tarkiblarini kuchaytirishda davom etmoqda, chunki transfer oynasi yopilishiga juda oz vaqt qoldi. Biz kechaning asosiy yangiliklari haqida gaplashamiz.

Chempionlar ligasi g‘olibi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi

Himoyachi Emerik Lyaport “An-Nasr” bilan shartnoma imzoladi. Yangilik hech kimni ajablantirmadi, chunki jurnalistlar bu haqda so‘nggi bir necha kun ichida ko‘p yozishdi. 29 yoshli futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va 2026 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Oldinroq insayder Fabrisio Romano futbolchining maoshi mavsumiga taxminan 20 million yevro bo‘lishini ta’kidlagan edi. “Manchester Siti” esa o‘z navbatida 27,5 million yevro oldi.

Azmun Mourinyo qo‘l ostida o‘ynaydi

Yozda Serdar Azmunning "Zenit"ga qaytishi mumkinligi haqida bir necha bor xabarlar paydo bo‘ldi. Buning o‘rniga eronlik hujumchi A Seriyaga o‘tadi. "Roma" "Bayer" forvardini bir mavsumga 12 million yevroga sotib olish opsiyasi bilan ijaraga oldi."Fulxem" futbolchiga da’vo qilgan, biroq Azmun Joze Mourinyo tufayli Rim klubini tanlagan. Murabbiyning shaxsan o‘zi Serdarning o‘tishidan manfaatdor edi va bu asosiy rol o‘ynadi. Azmun “Bayer”ga 2022 yilning boshida jo‘nab ketgan edi. O‘shandan beri u nemis klubi tarkibida 44 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Sanches bir yildan so‘ng "Inter"ga qaytadi

2022 yilning yozida Aleksis "Inter"ni tark etib, "Marsel"ga o‘tdi. U fransuz klubi safida 44ta o‘yin o‘tkazib, 18ta gol urgan. Mavsum yakunida tomonlar shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilishdi va chililik erkin agent bozoriga chiqdi. Bir necha kun oldin "Inter" bosh direktori Juzeppe Marotta 34 yoshli Sanchesning qaytish istagi borligini omma oldida e’lon qildi. Romanoning so‘zlariga ko‘ra, 25 avgust kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, shundan so‘ng tomonlar qisqa muddatli shartnoma imzolaydi.

“Manchester Siti” Yevropaning eng yaxshi driblingchilaridan birini sotib oldi

Jeremi Doku "Manchester Siti"ga ko‘chib o‘tdi va uning transferi Angliyaning top-klubiga 60 million yevroga tushdi. Yigit bor-yo‘g‘i 21 yoshda va u allaqachon Rennda 92ta va Belgiya terma jamoasi tarkibida 14ta o‘yin o‘tkazgan. O‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra, Yevropaning top 7 ligasini hisobga oladigan bo‘lsak, Doku muvaffaqiyatli driblinglar soni bo‘yicha uchinchi o‘rinni egalladi. Bu komponentda faqat Lionel Messi va Vinisius Junior undan muvaffaqiyatliroq bo‘ldi.

“Liverpul” Salohni Saudiya Arabistoni klubiga sotishdan bosh tortdi

"Liverpul" Muhammad bilan xayrlashmoqchi emas. Shu sababdan ingliz klubi “Al-Ittihod” bilan muzokara o‘tkazish niyatida emas. Oldinroq jiddaliklar misrlik futbolchi uchun 90 million yevrodan ko‘proq taklif qilgani xabar qilingandi. Bu kelishuv Saudiya futboli tarixidagi rekord bo‘lar edi. “Liverpul” avvalroq yarim himoyachi Fabinyoni “Al-Ittihod”ga sotib yuborgan, biroq Salohda bunday emas. Avvalroq Relevo Saudiya klubi Salohga Krishtianu Ronaldudan ko‘proq pul taklif qilishga tayyorligini xabar qilgandi. “Al-Ittihod” vakillarining ishonchi komilki, musulmon davlatida o‘ynash va katta maosh hujumchining Osiyoga ko‘chib o‘tishiga hissa qo‘shadi.

Veyga "Napoli" o‘rniga "Al-Ahli"ga yo‘l oladi

Saudiya Arabistoni bilan bog‘liq yana bir o‘tish. So‘nggi haftalarda Gabriyel Veyga yaqin orada "Napoli"ga o‘tishi haqida ko‘p gapirildi. Uning o‘rniga "Selta"ning 21 yoshli futbolchisi Saudiya Arabistoniga yo‘l oladi. "Al-Ahli" ispan klubi bilan kelishuvga erishdi, futbolchining o‘zi ham transferga yashil chiroq yoqdi. “Napoli” Veyga uchun yiliga 2,2 million yevro, Saudiya jamoasi esa 12,5 million yevro taklif qildi.“Real” yarim himoyachisi Toni Kroos yarim himoyachining transferi haqidagi xabarga salbiy munosabat bildirdi. "Sharmandalik" - nemis futbolchisi yosh futbolchining transferi haqidagi ma’lumotni shunday izohladi.

Xorvatiya terma jamoasi darvozaboni "Fenerbaxche"ga o‘tdi

Dominik Livakovich nihoyat Zagrebning “Dinamo”sini tark etdi. Aftidan, futbolchi Xorvatiya chempionati darajasidan ancha oshib ketgan edi. "Fenerbaxche" darvozabon transferi borasida kelishib olganliklarini e’lon qildi. Yaqin orada xorvatiyalik tibbiy ko‘rikdan o‘tish va shartnoma imzolash uchun Istanbulga uchib ketadi. Joriy mavsumda Livakovich barcha musobaqalarda yettita o‘yinda maydonga tushib, oltita gol o‘tkazib yubordi.

Kiritildi: 06:24, 25.08.2023.
O'qildi: 4069 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.