"Sampdoriya" "PSJ" yarim himoyachisi Noa Lemina bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Italiya klubi 18 yoshli fransiyalik futbolchini bir mavsumga ijaraga oldi.
Futbolchining parijliklar klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. U hali parijliklarning asosiy tarkibida maydonga tushmagan.
Noa "Vulverxempton" yarim himoyachisi Mario Leminaning ukasi.