Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Neymar o‘z faoliyatini qanchaga sotdi?

Neymar o‘z faoliyatini qanchaga sotdi?

Baho:
+ | -

Saudiya futboli oxir-oqibat, yevro­arenadagi yana bir katta yulduz - Neymarni ham o‘z domiga tortdi.

Albatta, mislsiz to‘lov vositasida. Har holda, «Al-Hilol» braziliyalik hujumchi uchun barchasini muhayyo qilib qo‘ydi va u endi Ar-Riyodda chinakam sharqcha shohona hayot aro suzadi...

Turli manbalarda keltirilishicha, «Al-Hilol» Neymar transferi uchun «PSJ»ga 90 million yevro (bonuslar bilan 120 million) to‘laydi, braziliyalik futbolchining o‘zi esa mutlaq nodir shartnomaga ega bo‘ldi. Deylik, Sky Sports ma’lumotiga binoan, Neymar Sau­diyada bir yillik o‘yini uchun 150 million yevro (kafolantangan maosh) oladi. Globo Esporte nashrida yozilishicha esa, maosh summasi biroz kattaroq: yiliga 160 mln. yevro. Bu oyiga 12,5 mln., kuniga 410 ming, soatiga 17,1 ming, daqiqasiga 285 yevrodan to‘g‘ri keladi. 

Bundan tashqari, Neymar Saudiya Arabistonida ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan imtiyozlarga ega:

- Shaxsiy yumushlar va sayohat uchun xususiy samolyot

- To‘liq jihozlangan shohona qasr. Koshonada 25ta yotoqxona, 40x10 hajmdagi basseyn, 3ta sauna bor, yana 5 nafar xizmatkor biriktirilgan.

- Jami 8ta qimmatbaho avtomobil. Jumladan, Bentley Continental GT, Aston Martin DBX va Lamborghini Huraca~n. Qo‘shimchasiga, sutkasiga 24 soat xizmatda bo‘luvchi shaxsiy haydovchi

- Mutlaqo tekin mehmonxona, restoran va har qanday ko‘ngilochar tadbirlar xizmati (aniqrog‘i, bunday xarajatlarni klub ko‘taradi)

- Ijtimoiy tarmoqlarda Saudiya Arabistoni haqida qoldirilgan har bir post yoki surat uchun 500 ming yevro

- «Al-Hilol»ning har bir g‘alabasi uchun 80 ming yevro

- Saudiyada mahbubasi - Bruna Byankardi bilan nikohsiz yashashiga ruxsat

Tushunarliki, Yevropada biror klub Neymarni bunday imtiyozlar bilan siylay olmasdi. Qisqasi, u faoliyatini katta summada sotdi, juda katta summada.

Yana bir noyob shart. The Sun nashri ma’lumotiga ko‘ra, Neymar talablari ro‘yxatida yana bir g‘alati band bor - braziliyalik shohona uyidagi muzlatkichlarda sevimli ichimligi - asai sokining keti uzilmasligini so‘ragan. Asai - Braziliyada o‘suvchi palma turi. Sok shu daraxt mevasidan olinadi. Ney yana uyda hamisha guarani ichimligi bo‘lishini talab qilgan. Bunisi mehmonlari va do‘st­lari uchun.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 20:09, 26.08.2023.
O'qildi: 7247 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик