"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn Myunxen klubiga o‘tishi haqida gapirdi.
“Biz g‘alaba qozonishimiz kerak. Bu yerdagi mentalitet va "Bavariya" mentaliteti meni yaxshiroq o‘yinchi qiladi va o‘sishimga yordam beradi. Men bu tajribani olishni, chempionlar ligasi uchun kurashishni xohlardim.
Bunday ulkan klubda o‘ynash aqldan ozgan qiyinchilik. Men chempionlik haqida kamroq o‘yladim va "Bavariya" haqida ko‘proq o‘yladim: qanday qilib yaxshilanishim mumkin? "Bavariya" men uchun mukammal jamoa", - deydi Keyn.
30 yoshli ingliz futbolchisi yozgi transfer oynasida "Tottenxem"dan "Bavariya"ga o‘tgan edi. U yangi jamoasida ikkita o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.