Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

UYEFA RFEF rahbarining ishiga aralashmoqchi emasligini bildirdi

UYEFA RFEF rahbarining ishiga aralashmoqchi emasligini bildirdi

Baho:
+ | -

UYEFA RFEF rahbari Luis Rubialesning ishiga aralashmoqchi emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi (RFEF) rahbari ispanlarning jahon chempionati finalidagi g‘alabasidan so‘ng taqdirlash marosimida Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Jennifer Ermoso bilan o‘pishgani uchun FIFA tomonidan 90 kunga futboldan chetlatilgan edi. Rubiales o‘z lavozimini tark etishdan bosh tortdi.

Rubiales tarafdori bo‘lgan RFEF bosh kotibi Andreu Kamps UYEFAga Ispaniya hukumati faoliyati yuzasidan federasiya ishlariga aralashganlik haqida shikoyat yubordi. Bu maktub 26 avgust kuni, Ispaniya Oliy sport kengashi Rubiales ustidan CASga shikoyat qilishdan oldin va FIFA funksionerni lavozimidan chetlashtirish haqidagi qarori qabul qilinishidan oldin yuborilgan. Shu bilan birga, RFEFning yangi rahbariyati Kampsning UYEFAga shikoyat qilganidan bexabar edi.

AS nashrining yozishicha, UYEFA Kampsning shikoyatini e’tiborga olgan, biroq tashkilot RFEF ishlariga aralashishni rejalashtirmayapti. UYEFA rahbari Aleksander Cheferin FIFAga siyosiy aralashuv bo‘lgan taqdirda sanksiyalar qo‘llash huquqiga ega bo‘lgan tashkilotga shikoyat qilmaslikka qaror qildi. Qayd etilishicha, UYEFA Rubiales mojarosi Chempionlar ligasi bo‘lajak qur’a tashlash marosimi va o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchilarini taqdirlash marosimiga soya solib qo‘yishini istamaydi.

Shu bilan birga, Ispaniya Oliy sport kengashi rahbari Viktor Frankos vaziyat ispan klublari va jamoalarining xalqaro turnirlardagi ishtirokiga ta’sir qilmasligini tasdiqladi.

Kiritildi: 18:41, 28.08.2023.
O'qildi: 1320 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.