Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Bundesligada murabbiylar kompaniyasi

Bundesligada murabbiylar kompaniyasi

Baho:
+ | -

Gazetamizning avvalgi seshanba sonlarida Yevropa milliy chempionatlari yangi mavsumi starti bahona APL, La Liga va «A» seriya klublari bosh murabbiylari haqida yaxlit ma’lumot taqdim etgandik sports.ru saytining qulay tasvirlari yordamida. Bugun shu mavzu davomi o‘laroq, Bundesliga murabbiylari guruhiga nazar solamiz. Xo‘sh, Germaniya chempionati qaysi bosh murabbiylar bilan e’tiborga molik?

BUNDESLIGA (Germaniya)

Yulduzlar guruhi qanday? Tomas Tuxel Germaniya chempionatining asosiy rok-yulduzi rolida. Niko Kovach va Marko Rouz esa undan biroz pastroqda. Mahalliy yulduz - Kristian Shtrayx ham ishtiyoqli «Frayburg» bilan e’tibor markazida. 2012 yildan buyon kamtarin klubda ishlayotgan ushbu mutaxassis uzoq vaqt bitta jamoadagi faoliyati davomiyligi bo‘yicha Bundesliga murabbiylari orasida 1-o‘rinni bo‘shatgani yo‘q. Lekin har do-im vaqti kelib, yirikroq nahang chiqadi, baribir. Mana, endi Bundesligaga 2007 yildan buyon «Xay-denxaym»­ni boshqarib kelayotgan Frank Shmidt qadam bosdi. 

Yangi shartnomalar. Ger-maniya elit li-gasida yangi murabbiylar kam, to‘g‘rirog‘i, atigi ikki nafar - «Ayntraxt»­dagi Dino Topmeller va Menxengladbax «Borussiya»si boshqaruvini qo‘lga olgan Xerardo Seone. Ikkinchisi «Bayer»da natija ko‘rsatolmadi, balki bu safar muvaffaqiyat qozonar... Topmeller esa vaqtida «Bavariya» shtabida yordamchi murabbiy rolini bajargan va endi mustaqil loyihaga kirishdi.

Kimlarni alohida kuzatish kerak? Albatta, avvalo, Tomas Tuxelni. «Bavariya» yozda butunlay qayta shakllantirildi, ayrim «noqis»lardan qutuldi va yangi kampaniyaga tayyor, garchi Germaniya superkubogi uchun bahsda «RB Leyp­sig»dan kuchli «tarsaki» qabul qilib olgan bo‘lsada. Tuxel ehtimol, Myunxenda CHL shohsupasini ko‘zlayotgandir. Xabi Alonso ham o‘z ishi bilan qiziqish doirasida. «Ba­yer» o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida ispaniyalik mutaxassis qo‘l ostida katta sakrashni amalga oshirdi. Alonso yangi mavsumda ham sur’atni pasaytirmaslik niyatida. Yana Urs Fisher va «Uni-on» ham diqqat markazida bo‘lishi tayin. Axir Berlin jamoasi CHL-da debyut qi-ladi. Fisher ham ichki, ham tashqi frontni birdek nazorat ostiga olish salohiya­tiga egami? Bu vaqt hukmidagi savol, albatta.

Kim birinchi bo‘lib iste’foga chiqishi mumkin? Hozir bu xususda qan-daydir taxminni ilgari surish qiyin. Ammo ikki na-far «nom­zod»ni ajratib ko‘rsatish mumkin - Edin Terzich va Xerardo Seone. Har holda, Dortmund «Borussiya»sida navbatdagi sotuv kampaniyasi kuzatildi va buning ta’sirida bosh murabbiy «oqib» ketishi» hech gap emas. Qolaversa, Terzichga tayyor chempionlikni qo‘ldan chiqarish azobi ham xalaqit berishi mumkin. Seone esa 2015 yildan buyon Menxengladbax jamoasida ish boshlagan 6-murabbiydir. Ya’ni ikkinchi «Borussiya»da mutaxassislarni ko‘p ushlab turishga odatlanishmagan. Shunday ekan, shveysariyalik imkon qadar tezroq natija keltirishi kerak. Albatta, «birinchi bo‘lish» qismati Pellegrino Matarasso, Ole Verner, Tomas Lex yoki Enriko Maasen boshiga tushishi ham mumkin. Shuningdek, Tomas Tuxel dastlabki iste’fo sababchisiga aylanishdan to‘liq himoya­lanmagan, baribir.

Yana nima? Murabbiylar bo‘limining eng yosh vakillari Bundesligada to‘planishgan. Chempionat klublari boshqaruvchilari o‘rtacha hisobda atigi 46 yoshdalar. Deylik, Ole Verner endi 35 yoshdan hatladi. Eng «keksa» murabbiy Shtrayx esa 58 yoshda. Qolaversa, Bundesliga - bu taktik sxemalar, o‘yin tuzilmalari va chizgilari bo‘yicha inqilobchi-innovatorlar chempionati.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 16:46, 29.08.2023.
O'qildi: 1097 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.