Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Ro‘ziqul Berdiyev: «Chavesni katta umidlar bilan olib kelgan edik»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Chavesni katta umidlar bilan olib kelgan edik»

Baho:
+ | -

Superliga 18-turidan o‘rin olgan «Surxon» – «Nasaf» (1:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Og‘ir uchrashuv bo‘ldi, g‘alaba osonlikcha qo‘lga kiritilmadi. Boisi, «Surxon» jamoasi futbol o‘ynaydi va bunda har bir jamoaga katta qiyinchilik tug‘diradi. Tarkibda o‘zgarishlarni amalga oshirdik. Bu qaysidir ma’noda o‘zini oqladi, ammo hisob ishonchli ko‘rinish olgach, ko‘proq hisobni saqlashga intildik.

Biz ikki xil sxemada to‘p tepib kelyapmiz. So‘nggi vaqtlarda 3 ta himoyachi bilan o‘ynayapmiz. Sababi, tarkibimizda O‘zbekistonning eng yaxshi 4 ta markaziy himoyachisi o‘ynar edi. Ulardan unumli foydalanish, shuningdek, qanot yarim himoyachilarimiz kamligi uchun ham ushbu sxemada o‘ynab kelayotgan edik. «Paxtakor» bilan bahsda bu naf keltirdi. Bugun esa 4 himoyachi bilan to‘p nazorati, qarshi hujumlar borasida ham yaxshi harakat qildik. Tarkibimizda mavjud barcha futbolchilardan foydalanishimiz kerak. Sizning jamoangizda Aliqulov, Davronov, Eshmurodov va G‘aybullayev bo‘lsa, kimni zaxiraga o‘tkazish borasida uzoq bosh qotirasiz. Shuning uchun 3 markaziy himoyachi bilan to‘p tepib keldik.

Bu mavsum jamoalar natijaga erishish uchun himoyaviy futbol ko‘rsatishmoqda. Bu tendensiyani Qatardagi JCHda ham ko‘rdik. Chempion Argentina ham, Fransiya ham himoyadan harakat qilishdi.

Ayni vaqtda Ergashev yaxshi formada bo‘lgani uchun Ne’matov zaxirada qolmoqda.

Jamoada ijrochilar bo‘lsa, rotatsiya qilishga ham imkon bo‘ladi. Bu ayniqsa, zich taqvimda qo‘l keladi. Superkubokda maydonga tushgan ko‘plab futbolchilarga bugun dam berdik. Chavesni katta umidlar bilan jamoaga taklif qilgan edik. Hujumda samaradorlikni oshirish, raqobat yaratish uchun uni olib kelgan edik. Adaptasiya jarayoni kechikmoqda. Qolaversa, hozir uning kichik jarohati mavjud va shu sabab uni tarkibga jalb qilmayapmiz. Hujumchilardan ko‘proq samarali o‘yin va gollar kutamiz. Lima Kruzdan ham shuni talab qilamiz”, – dedi Berdiyev.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 06:21, 30.08.2023.
O'qildi: 7598 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.