Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Sergey Arslonov: «Xavfli vaziyatlar kam bo‘ldi»

Sergey Arslonov: «Xavfli vaziyatlar kam bo‘ldi»

Baho:
+ | -

Superliga 18-turidan o‘rin olgan «Surxon» – «Nasaf» (1:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Arslonov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Birinchi navbatda «Nasaf»ni Superkubokdagi kabi bugungi o‘yindagi g‘alabasi bilan ham tabriklayman. Birinchi va ikkinchi bo‘limni solishtiradigan bo‘lsak, bilasizmi, birinchi bo‘limda raqib jarima maydoniga to‘pni yetarlicha yetkazib bera olmadik. Bizda xavfli vaziyatlar yetishmadi, deyish mumkin. Bunday xavfli vaziyatlar esa ikkinchi taymda ko‘proq bo‘ldi. Biroq bizga ularni yakunlashda aniqlik etishmadi. Yana nima deyishim mumkin? Yigitlarning jamoa uchun borini berib o‘ynayotganlariga hech qanaqa shubha yo‘q. Asosiy tarkib yoki zaxiradan bo‘ladimi, hammasi o‘z vazifalarini bajarishyapti.

Ha, Artyom oxirgi ikkita uchrashuvdan beri maydonga tushmayapti. Buning sababi uning jarohat olgani bilan bog‘liq. U hozir tiklanish jarayonida. Mashg‘ulotlarda faol tarzda ishlayapti. O‘ylaymanki, navbatdagi turda maydonga tushishga tayyor bo‘ladi. Aziz Isoqovga kelsak, u ham tajribali darvozabon. Ehtimol, u etarlicha o‘yin amaliyoti ega bo‘lmagani bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. Shu sababdan unga e’tiroz yo‘q. Shu jumladan hech qaysi futbolchilarga ham e’tirozlarimiz yo‘q”, – dedi Arslonov.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 06:30, 30.08.2023.
O'qildi: 1002 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.