"Vulverxempton" bosh murabbiyi Gari O'Neyl jamoa yarim himoyachisi Mateus Nunes haqida fikr bildirdi. U shunday deydi:
"U hozir biz bilan emas. Bilishimcha, Nunes uchun oshirilgan narx bilan taklif hali kelgani yo‘q. U hali ham bizning o‘yinchimiz. Men uni 2 sentyabr kuni maydonda ko‘rishni istayman. Keyingi kunlar kelajak borasida qaror qabul qilishga yordam beradi".
Avvalroq Mateus Nunes uchun "Manchester Siti" 47 million funt taklif qilgani haqida xabar qilingan edi.