Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem

Bugun YECHL guruh bosqichiga qur’a tashlanadi: nima, qachon, qayerda, qanday tartibda?

Bugun YECHL guruh bosqichiga qur’a tashlanadi: nima, qachon, qayerda, qanday tartibda?

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichiga bugun qur’a tashlanadi. 26 jamoa guruh bosqichi yo‘llanmasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 6 jamoa saralash bosqichi orqali ushbu yo‘llanmaga ega chiqdi.

Qachon va qayerda?
Qur’a marosimi 31 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi. Tadbir Monakodagi "Grimaldi Forum" saroyida o‘tkaziladi. "Sport" kanali marosimni jonli efirda namoyish etadi.

Guruh bosqichi ishtirokchilari:
Angliya: "Arsenal", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Nyukasl"
Ispaniya: "Atletiko", "Barselona", "Real", "Real Sosyedad", "Sevilya"
Italiya: "Inter", "Lasio", "Milan", "Napoli"
Germaniya: "Bavariya", "Borussiya" Dortmund, "Leypsig", "Union"
Fransiya: "Lans", "Pari Sen-Jermen"
Portugaliya: "Benfika", "Braga", "Portu"
Niderlandiya: "Feyenoord", PSV
Avstriya: "Zalsburg"
Shotlandiya: "Seltik"
Serbiya: "Srvena Zvezda"
Ukraina: "Shaxtyor"
Belgiya: "Antverpen"
Shveysariya: "Yang Boyz"
Daniya: "Kopengagen"
Turkiya: "Galatasaroy"

Qur’adan avval 32 jamoa 4 savatchaga quyidagicha bo‘linadi:

1-savat:
"Manchester Siti" (Angliya)
"Sevilya" (Ispaniya)
"Barselona" (Ispaniya)
"Napoli" (Italiya)
"Bavariya" (Germaniya)
"PSJ" (Fransiya)
"Benfika" (Portugaliya)
"Feyenord" (Niderlandiya)

2-savat:
"Real Madrid" (Ispaniya)
"Manchester Yunayted" (Angliya)
"Inter" (Italiya)
"Borussiya Dortmund" (Germaniya)
"Atletiko" (Ispaniya)
"Leypsig" (Germaniya)
"Portu" (Portugaliya)
"Arsenal" (Angliya)

3-savat
"Shaxtyor" (Ukraina)
"RB Zalsburg" (Avstriya)
"Milan" (Italiya)
"Braga" (Portugaliya)
"Eyndxoven" (Niderlandiya)
"Lasio" (Italiya)
"Red Star Belgrad"
"Kopengagen" (Daniya)

4-savat:
"Yang Boyz" (Shveysariya)
"Real Sosyedad" (Ispaniya)
"Galatasaroy" (Turkiya)
"Seltik" (Shotlandiya)
"Nyukasl Yunayted" (Angliya)
"Union Berlin" (Germaniya)
"Antverp" (Belgiya)
"Lans" (Fransiya)

Qur’a tartibi
Bir savatchadan o‘rin olgan jamoalar bir guruhdan o‘rin olishmaydi. Shuningdek, bir mamlakat jamoalari bir guruhga tushmaydi. Agar boshqa cheklovlar mavjud bo‘lsa, bu haqda qur’a oldidan e’lon qilinadi.

Keyin-chi?
Qur’adan so‘ng guruh bosqichi taqvimi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Jamoalar o‘zaro uy-safar tizimidan ikki martadan to‘qnash kelishadi. Dastlabki ikki jamoa YECHL pley-off bosqichiga yo‘l oladi. Uchinchi o‘rin egalari esa o‘z ishtirokini Yevropa ligasi turnirida davom ettiladi. To‘rtinchi pog‘onada qolgan jamoalari uchun yevrokuboklar mavsumi yakuniga yetadi. Guruhdagi o‘rinlarni aniqlashda, agar ochkolar teng kelib qolsa, o‘zaro o‘yinlar natijalariga qaraladi.

Guruh bosqichi o‘yinlari quyidagi sanalarda o‘tkaziladi:

1-tur: 19/20 sentyabr
2-tur: 3/4 oktyabr
3-tur: 24/25 oktyabr
4-tur: 7/8 noyabr
5-tur: 28/29 noyabr
6-tur: 12/13 dekabr

Marosimda topshiriladigan sovrinlar
Qur’a marosimida, shuningdek, mavsum-2022/2023ning eng yaxshi erkak futbolchisi, ayol futbolchisi, erkaklar futbolidagi eng yaxshi murabbiyi va ayollar futbolidagi eng yaxshi murabbiyi sovrinlari o‘z egalariga topshiriladi.

UEFA prezidenti Aleksander Cheferin maxsus sovrinni Miroslav Klozega taqdim etadi.

Final
Chempionlar ligasining joriy mavsum final Londondagi "Uembli" stadionida 1 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu arena yevrokuboklar finalini eng ko‘p qabul qilgan stadion hisoblanadi — 7 marta.

Manba: @futbol_qoidalar
Kiritildi: 07:09, 31.08.2023.
O'qildi: 7984 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик