Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/07 00:00 Niderlandiya 2-1 Turkiya
07/07 03:00 Kolumbiya 5-0 Panama
07/07 06:00 Urugvay 0-0 Braziliya

APLning inflyasiya asosida eng qimmat futbolchilaridan tuzilgan ramziy terma jamoasi

APLning inflyasiya asosida eng qimmat futbolchilaridan tuzilgan ramziy terma jamoasi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining pul qadrsizlanishi asosida tuzib chiqilgan eng qimmat futbolchilardan tuzilgan ramziy terma jamoasi ma’lum qilindi. O‘n bir futbolchidan hech bir ayni damda APLda harakat qilmaydi.
Aytish kerakki, futboldagi narxlar keskin ko‘tarilib ketdi. Bu yozning o‘zida uchta futbolchi 100 milliondan ortiq narxga sotildi. Sky News nashri tarixdagi va hozirgi pul va uning qiymatini hisobga olgan holda futbolchilarning eng qimmatlarini taxmin qilib ko‘rdi.

Ma’lumotlar shuni ko‘rsatdiki, bunday tuzilgan ramziy terma jamoaga kutilmagan nomlar kiradi. Xususan, "Chelsi" va Ukraina afsonasi Andrey Shevchenko APLning eng qimmat futbolchisi sifatida baholandi. U hujum chizig‘iga qo‘yildi. Uning 2006 yildagi 30.8 million funtlik xaridi hozirgi pulga hisoblanganda 215.6 millionga aylangan bo‘lardi. Rio Ferdinand esa ikkinchi eng qimmat futbolchi sifatida himoyadan joy egalladi. Uning 2002 yildagi "Lids"dan "MYU"ga o‘tishi 29 million funt evaziga amalga oshgan. Bu qiymat hozirgi kundagi 198.7 million funtga tengdir. Umuman olganda, butun ramziy terma jamoa "Chelsi" va "MYU" futbolchilaridan iborat va ularning qiymati 1.64 milliard funtga baholangan.

Grem Le So, Shon Rayt-Fillips hamda Sebastyan Veronlar terma jamoadagi eng kutilmagan nomlardir. Ular ham, agarda hozir sotilganida katta summaga baholangan bo‘lardi. Shuningdek, ro‘yxatda Pol Pogba, Kepa Arrisabalaga hamda Anxel Di Mariyalar bor. Ammo ushbu yozning eng qimmat nomlariga aylangan Deklan Rays va Moyses Kaysedolar ramziy terma jamoaga kira olmadi. Umuman olganda, "Chelsi" uchun 115 million funtga tushgan Kaysedo inflyasiyaga asoslangan futbolchilar narxlarida top-30 likka ham kirmaydi.
Quyida kuchli o‘n birlik bilan tanishasiz.

Darvozabon – Kepa, "Chelsi" (93 million funt)
O‘ng qanot himoya – Ferreyra, "Chelsi" (92 million funt)
Markaziy himoya – Karvalyu, "Chelsi" (138 million funt)
Markaziy himoya – Ferdinand, "MYU" (199 million funt)
Chap qanot himoya – Le So, "Chelsi" (102 million funt)
Yarim himoya – Ecsyen, "Chelsi" (171 million funt)
Yarim himoya – Pogba, "MYU" (165 million funt)
Yarim himoya – Veron, "MYU" (173 million funt)
O‘ng qanot hujum – Rayt-Fillips, "Chelsi" (138 million funt)
Hujumchi – Shevchenko, "Chelsi" (216 million funt)
Chap qanot hujum – Di Mariya, "MYU", (160 million funt).

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 12:01, 31.08.2023.
O'qildi: 1718 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.