Notice: Undefined index: HTTP_REFERER in /var/www/www-root/data/www/extra-storage/stadion.uz/index.php on line 2
Meyson Grinvud jamoadosh bo‘lishi mumkin bo‘lgan sobiq APL yulduzlari
Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/11 01:00 Bavariya 1-0 Benfika
07/11 01:00 Feyenoord 1-3 Zalsburg
07/11 01:00 Srvena Zvezda 2-5 Barselona
07/11 01:00 Inter 1-0 Arsenal
07/11 01:00 PSJ 1-2 Atletiko
07/11 01:00 Sparta 1-2 Brest
07/11 01:00 Shtutgart 0-2 Atalanta
07/11 13:00 Sidney 0-1 Sanfrechche Xirosima
07/11 15:00 Sebu 2-9 Muangtong Yunayted
07/11 15:00 Chonbuk Motors 1-0 Selangor
07/11 16:00 OKMK 2-2 Olimpik
07/11 17:00 Istern 1-2 Kaya–Iloilo
07/11 17:00 Lion Siti Seylors 2-3 Persib
07/11 17:00 Jechjiang 1-2 Port
07/11 18:15 Dinamo 1-2 Lokomotiv
08/11 00:45 Jenoa - Komo
08/11 18:15 Bunyodkor - Metallurg
09/11 00:45 Lechche - Empoli
09/11 01:00 Rayo Valyekano - Las-Palmas
09/11 16:00 Navbahor - Paxtakor
09/11 17:00 Nasaf - So‘g‘diyona
09/11 18:00 Real Madrid - Osasuna
09/11 18:15 Surxon - Neftchi
09/11 19:00 Venetsiya - Parma
09/11 20:00 Kristal Pelas - Fulhem
09/11 20:00 Vest Xem - Everton
09/11 20:00 Vulverhempton - Sautgempton
09/11 20:00 Brentford - Bornmut
09/11 20:15 Vilyarreal - Alaves
09/11 22:00 Kalyari - Milan
09/11 22:30 Brayton - Manchester Siti
09/11 22:30 Espanyol - Valensiya

Meyson Grinvud jamoadosh bo‘lishi mumkin bo‘lgan sobiq APL yulduzlari

Meyson Grinvud jamoadosh bo‘lishi mumkin bo‘lgan sobiq APL yulduzlari

Baho:
+ | -

Grinvud yettita APLning sobiq yulduzlari bilan bir jamoada harakat qilishi mumkin. Buning uchun u "Beshiktosh" safiga o‘tishi kerak bo‘ladi. Turkiya klubi "MYU"dan haydalgan hujumchiga jiddiy qiziqish bildirayotgani aytilgan. Aslini olganda, "qizil iblislar" Grinvudni jamoaga qaytarmoqchi edi. Biroq, keng jamoatchilik bosimi ostida bu ish amalga oshmadi. Shuningdek, 21 yoshli futbolchiga o‘zga APL gigantlaridan ham qiziqishlar bo‘lgan. Afsuski, ular ham muxlislar tazyiqidan qochib, Grinvud variantidan voz kechdi.

Agarda Grinvud "Beshiktosh"ga o‘tishga rozilik bersa, u bir nechta sobiq APL yulduzlari orasiga kiradi. Ular ichida eng mashhuri va yangisi "Arsenal" va "Liverpul"da o‘ynagan Aleks Oksleyd-CHeymberlendir. Yarim himoyachi avgust avvalida erkin agent sifatida "Beshiktosh" bilan uch yillik bitimga imzo chekkandi. Shuningdek, bu jamoada Daniyel Amarti ham faoliyat yuritadi. Sobiq "Lester Siti" yulduzi shu yil avvalida APLni tark etgandi. U 2016 yildan beri 145 ta o‘yinda "Lester" sharafini himoya qilgan. Qolaversa, istanbulliklar safida yana bir "tulkilar" yulduzi Rashid Gezzal mavjud. U 2022 yilda "Lester"dan ketib, "Beshiktosh" bilan bitim tuzgan.

"Vest Xem Yunayted"ning sobiq futbolchisi Artur Masuaku ham hozir Turkiyada. U o‘tgan mavsumda "Beshiktosh"ga ijaraga berilgandi. Hozir u doimiy bitimga ega. Masuaku "bolg‘achilar" uchun o‘tmishda 128 marta maydonga tushirilgan. 29 yoshli himoyachi ishonchli vakillardan biriga aylandi.

"Everton" va "Kristal Pelas"dagi faoliyati bilan tanilgan Jenk Tosun ham "Beshiktosh" a’zosi sanaladi. Hujumchi to‘rt yil davomida APLda faoliyat yuritdi va yana eski jamoasiga qaytdi. Turkiya terma jamoasi a’zosi 4 mavsumda 10 ta gol urgan bo‘lsa, o‘tgan yili u "Beshiktosh" safida 18 ta golga mualliflik qilgandi. Shuningdek, Grinvud yana ikkita sobiq APL yulduzini ko‘rishi mumkin. Ular "Norvich" vakili Milot Rashisa hamda "Tottenxem"ning sobiq vakili Jedson Fernandeshdir. Ular ikki yil davomida jamoalarida muvaffaqiyatsizlikka uchrab, oxiri Turkiyaga kelishga majbur bo‘lganlardan.

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 23:23, 31.08.2023.
O'qildi: 2423 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.