Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Yevropa ligasi. «Liverpul», «Roma», «Atalanta» ishtirok etadigan guruh bosqichi qur’asi haqida

Yevropa ligasi. «Liverpul», «Roma», «Atalanta» ishtirok etadigan guruh bosqichi qur’asi haqida

Baho:
+ | -

Bugun Yevropa ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Tadbir haqida batafsil ma’lumot berib o‘tamiz.

Qachon va qayerda?
Yevropa ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi 1 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi. Marosim "Sport" kanali orqali jonli translyasiya qilinishi rejalashtirilgan.

Kimlar ishtirok etadi?
Yevropa ligasi guruh bosqichida 32 jamoa ishtirok etadi: 12 klub to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 10 jamoa saralash orqali guruh bosqichiga yetib keldi, yana 10 jamoa esa Chempionlar ligasi saralashining 3 va 4-bosqichidan chiqib ketishi natijasida YELga o‘tdi.

Avstriya: LASK, "Shturm"
Ozorboyjon: "Qorabog‘"
Belgiya: "Yunion"
Kipr: "Aris" Limasol
Chexiya: "Slaviya" Praga, "Sparta" Praga
Angliya: "Brayton", "Liverpul", "Vest Xem"
Ispaniya: "Betis", "Vilyarreal"
Fransiya: "Olimpik", "Renn", "Tuluza"
Gresiya: "Olimpiakos"
Italiya: "Atalanta", "Roma"
Germaniya: "Frayburg", "Bayer"
Gresiya: AYEK Afina, "Panatinaikos"
Isroil: "Makkabi" Xayfa
Moldova: "Sherif"
Niderlandiya: "Ayaks"
Norvegiya: "Molde"
Polsha: "Rakuv"
Portugaliya: "Sporting"
Shotlandiya: "Reyndjers"
Serbiya: TSS Bachka-Topola
Shveysariya: "Servett"

Qur’adan avval jamoalar 4ta savatchaga ajratilgan:

1-savat: «Liverpul», «Vest Xem» (ikkisi — Angliya), «Vilyarreal» (Ispaniya), «Roma», «Atalanta» (ikkisi — Italiya), «Bayer» (Germaniya), «Ayaks» (Niderlandiya), «Reynjers» (Shotlandiya);

2-savat: «Betis» (Ispaniya), «Marsel», «Renn» (ikkisi — Fransiya), «Sporting» (Portugaliya), «Olimpiakos» (Gresiya), LASK (Avstriya), «Slaviya» (Chexiya), «Qorabog‘» (Ozarboyjon);

3-savat: «Brayton» (Angliya), «Frayburg» (Germaniya), «Sparta» (Chexiya), «Molde» (Norvegiya), «Yunion Sent-Jillua» (Belgiya), «Makkabi Xayfa» (Isroil), «Shturm» (Avstriya), «Sherif» (Moldaviya).

4-savat: «Tuluza» (Fransiya), «Panatinaikos», AYEK (ikkisi — Gresiya), TSS (Serbiya), «Servett» (Shveysariya), «Rakuv» (Polsha), «Aris» (Kipr), «Xekken» (Shvesiya).

Qur’a tartibi
1) Bir savatchadan o‘rin olgan jamoalar bir guruhga tushmaydi;
2) Bir mamlakat klublari bir guruhdan o‘rin olmaydi;
3) Boshqa cheklov bo‘lsa, bu haqda qur’adan e’lon qilinadi.

Keyin-chi?
Qur’adan so‘ng guruh bosqichi taqvimi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Jamoalar o‘zaro uy-safar tizimidan ikki martadan to‘qnash kelishadi. Dastlabki ikki jamoa YEL pley-off bosqichiga yo‘l oladi. Bunda guruh g‘oliblari to‘g‘ridan-to‘g‘ri nimchorak finalga yo‘l olsa, 2-o‘rin egalari 1/16 final bosqichi doirasida YECHLdan o‘tgan klublar bilan o‘zaro to‘qnash keladi.

Uchinchi o‘rin egalari esa o‘z ishtirokini Konferensiyalar ligasi turnirida davom ettiladi. To‘rtinchi pog‘onada qolgan jamoalari uchun yevrokuboklar mavsumi yakuniga yetadi. Guruhdagi o‘rinlarni aniqlashda, agar ochkolar teng kelib qolsa, o‘zaro o‘yinlar natijalariga qaraladi.

Guruh bosqichi o‘yinlari quyidagi sanalarda o‘tkaziladi:

1-tur: 21 sentyabr
2-tur: 5 oktyabr
3-tur: 26 oktyabr
4-tur: 9 noyabr
5-tur: 30 noyabr
6-tur: 14 dekabr

Final
Yevropa ligasi finali Irlandiyadagi "Dublin Arena"da bo‘lib o‘tadi. Ushbu stadion o‘z bag‘riga 50 ming muxlisni sig‘diradi.

Manba: @futbol_qoidalar
Kiritildi: 08:10, 01.09.2023.
O'qildi: 5493 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.