Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas 2-2 Betis
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe

Konferensiyalar ligasi. Guruh bosqichi qur’asi haqida

Konferensiyalar ligasi. Guruh bosqichi qur’asi haqida

Baho:
+ | -

Bugun Konferensiyalar ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Tadbir haqida batafsil ma’lumot berib o‘tamiz.

Qachon va qayerda?
Konferensiyalar ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi 1 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 17:30da boshlanadi. Marosim "Sport" kanali orqali jonli translyasiya qilinishi rejalashtirilgan.

Kimlar ishtirok etadi?
Konferensiyalar ligasi guruh bosqichida 32 jamoa ishtirok etadi: 22 klub saralash orqali guruh bosqichiga yetib kelgan bo‘lsa, yana 10 jamoa esa Yevropa ligasi saralashi bosqichidan chiqib ketishi natijasida KLga o‘tdi.

Qur’adan avval jamoalar 4ta savatchaga ajratilgan:

1-savat: «Ayntraxt» (Germaniya), «Dinamo Zagreb» (Xorvatiya), «Gent», «Bryugge» (ikkisi – Belgiya), «AZ Alkmaar» (Niderlandi), «Fenerbaxche» (Turkiya), «Lill» (Fransiya), «Ferensvarosh» (Vengriya);

2-savat: PAOK (Gresiya), «Slovan» (Slovakiya), «Makkabi Tel-Aviv» (Isroil), «Viktoriya» (Chexiya), «Aston Villa» (Angliya), «Ludogores» (Bolgariya), «Fiorentina» (Italiya), «Bude-Glimt» (Norvegiya);

3-savat: «Genk» (Belgiya), «Zarya» (Ukraina), «Astana» (Qozog‘iston), «Beshiktosh» (Turkiya), XIK (Finlyandiya), «Spartak Trnava» (Slovakiya), «Olimpiya» (Sloveniya), «Legiya» (Polsha);

4-savat: «Zrinski» (Bosniya va Gersegovina), «Klaksvik» (Farerskiye Ostrova), «Aberdin» (Shotlandiya), «Chukarichki» (Serbiya), «Lugano» (Shveysariya), «Breydablik» (Islandiya), «Nordshelland» (Daniya), «Balkani» (Kosovo).

Qur’a tartibi
1) Bir savatchadan o‘rin olgan jamoalar bir guruhga tushmaydi;
2) Bir mamlakat klublari bir guruhdan o‘rin olmaydi;
3) Boshqa cheklov bo‘lsa, bu haqda qur’adan e’lon qilinadi.

Keyin-chi?
Qur’adan so‘ng guruh bosqichi taqvimi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Jamoalar o‘zaro uy-safar tizimidan ikki martadan to‘qnash kelishadi. Dastlabki ikki jamoa YEL pley-off bosqichiga yo‘l oladi. Bunda guruh g‘oliblari to‘g‘ridan-to‘g‘ri nimchorak finalga yo‘l olsa, 2-o‘rin egalari 1/16 final bosqichi doirasida YELdan o‘tgan klublar bilan o‘zaro to‘qnash keladi.

Uchinchi va to‘rtinchi pog‘onada qolgan jamoalari uchun yevrokuboklar mavsumi yakuniga yetadi. Guruhdagi o‘rinlarni aniqlashda, agar ochkolar teng kelib qolsa, o‘zaro o‘yinlar natijalariga qaraladi.

Guruh bosqichi o‘yinlari quyidagi sanalarda o‘tkaziladi:

1-tur:
21 sentyabr
2-tur: 5 oktyabr
3-tur: 26 oktyabr
4-tur: 9 noyabr
5-tur: 30 noyabr
6-tur: 14 dekabr

Final
Konferensiyalar ligasi finali 2024 yilning 29 may kuni Gresiyaning Afina shahridagi "Ayo Sofiya" sadionida bo‘lib o‘tadi.

Manba: @futbol_qoidalar
Kiritildi: 08:27, 01.09.2023.
O'qildi: 1652 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.