«Bavariya» bosh murabbiyi Tomas Tuxel kecha bo‘lib o‘tgan UYEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2023/2024 yilgi mavsumiga qur’a tashlash natijalari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Ushbu turnirdagi har qanday raqib biz uchun yangi chorlov. «Manchester Yunayted», «Galatasaroy» va «Kopengagen» biz va muxlislarimiz uchun juda qiziq jamoalardir.
Mening jamoam motivasiyaga to‘la va yevrokuboklar boshlanishini katta sabrsizlik bilan kutmoqda», - deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.