"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp hujumchi Muhammad Salohning Saudiya Arabistoni chempionatiga o‘tishi haqidagi xabarga munosabat bildirdi.
“Vaziyat avvalgidek qolmoqda. Bilishimcha, Salohni transfer qilish taklifi bo‘lmagan. Bu haqda boshqa aytadigan gapim yo‘q”, - deydi nemis mutaxassisi.
Avvalroq Saudiya klubi Muhammad uchun 150 million yevro to‘lashga, futbolchining o‘ziga esa katta maosh bilan 3 yillik mehnat shartnomasini taklif qilishga tayyorligi xabar qilingandi.