Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Vataru Endo: «Jerrard o‘yinlariga oshufta edim...»

Vataru Endo: «Jerrard o‘yinlariga oshufta edim...»

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Intervyular

«Liverpul» 18 avgust kuni «Shtutgart»dan 30 yoshli Vataru Endo transferini sotib olganini rasman e’lon qildi.

Yaponiyalik futbolchi 18 million yevroga tushdi. Qit’adoshimiz «Enfild Roud»da bunga qadar Fabinyoga tegishli bo‘lgan 3-raqamni tanladi. E’tiborli tomoni, Vataru shartnoma ostiga imzo chekishi bilan, aniqrog‘i, ertasigayoq APLda debyut qildi - «Bornmut»ga qarshi kechgan 2-tur o‘yini (3:1) 63-daqiqasida niderlandiyalik Kodi Gakpo o‘rnini egalladi. Ma’lumot uchun, Endo bunga qadar «Shtutgart»­ning jami 133ta o‘yinida qatnashib, 15ta gol hosil qilgandi. Yaponiyalik yarim himoyachi «Liverpul»dagi faoliyati ham shunday samarali kechishidan umidvor, albatta. U klub rasmiy saytiga bergan ilk intervyusidayoq buni baralla ta’kidladi.

- Vataru, «Liverpul» oilasida xush ko‘rdik! Ilk taassurotlar qanday?

- Iliq qabul uchun rahmat. Ochig‘i, bunday katta klub safiga qo‘shilganimdan bag‘oyat xursandman. O‘z-o‘zidan to‘l­qinlanib ketyapman.

- Xo‘sh, «Liverpul» futbolchisi bo‘lish qanday ekan, bu maqomga oz-moz o‘rganib oldingizmi?

- Hammasi ajoyib. O‘zi hamisha APLda, yana dunyoning eng yirik klublaridan birida o‘ynashni o‘ylaganman. Shunday ekan, qaysidir ma’noda men uchun azaliy orzu haqiqatga aylandi.

- So‘nggi bir necha kun qanday o‘tdi shaxsan siz uchun?

- Katta bosim sezildi, lekin vaqt juda tez o‘tdi. Aslida transfer masalasini bir kunda hal etishim kerak edi, amalda ham hech ikkilanmadim va tezda qaror chiqardim. Rasmiy taklif tushgach, shunchaki, oilam bilan xayrlashdim va Angliyaga uchdim. Bu yerda darhol tibbiy ko‘rikka bordim va mana, hozir «Liverpul» futbolchisi sifatida o‘tiribman.

- Hamisha APLda o‘ynashni orzu qilganingizni aytdingiz. Qiziq, «Liverpul»ni nechog‘li kuzatgansiz?

- Bolaligimda Angliya chempionati o‘yinlarini otam bilan birga tomosha qilardim. Esimda, ayniqsa, Stiven Jerrard o‘yinlariga oshufta edim. Shunday ekan, «Liverpul»ga befarq qaramaganman va ko‘plab o‘yinlarini ko‘rganman.

- Do‘stlaringiz va yaqinlaringiz ushbu transferga qanday munosabat bildirishdi?

- Ochig‘i, hali ota-onamga xabar yozishga ulgurmadim. Lekin ularning yangilikni eshitib, juda xursand bo‘lishgani tayin.

- Ilgari «En-fild»da o‘ynaganmisiz?

- Yo‘q, hech qachon nasib etmagandi. Ma-na, endi «Enfild» maydoniga tez-tez qadam tashlayman - bu ajo­yib.

- Vataru, mo-hiyatan qanday futbolchilar toifa-siga mansubsiz?

- Asosan ta-yanch hududida to‘p suraman va himoyaviy ishlarga ko‘proq e’tibor qarataman. O‘ylaymanki, «Liverpul» orqa chizig‘iga yordam berish qo‘limdan keladi. Shuningdek, maydon markazini ham unutmayman, albatta. Chunki hujum aynan bizdan boshlanadi.

- Jamoa taklifini qabul qilishingizda Yurgen Klopp shaxsining ta’siri qanchalik katta?

- Shunday murabbiy bilan ishlash imkoniyati tug‘ilganidan xursandman. Professio­nal darajada shug‘ullana boshlaganimda, Yurgen Klopp bosh­qaruvidagi Dortmund «Borussiya»si o‘yinlarini ko‘p tomosha qilganman. O‘sha payt shu klubda o‘ynagan hamyurtimiz Shinji Kagava yaponiyaliklarda kuchli havas uyg‘otgani - ayni haqiqat!

- «Shtutgart» klubida ham, Yaponiya milliy jamoasida ham sardor maqomida o‘ynagansiz. Bu borada to‘plangan tajriba «Enfild»da qo‘l kelarmikan?

- Shundan umidvorman, albatta. Tabiatan maydonda ko‘p gapirmayman, lekin har doim nima qilish kerakligi va jamoaga qanday yordam berish mumkinligini ko‘rsata olaman. Terma jamoada ham, «Shtutgart»da ham xuddi shunday o‘ynaganman. Endi «Liverpul»da yo‘qolib qolmasam kerak.

- «Shtutgart»da deylik, Nataniel Fillips bilan birga o‘ynagansiz...

- Ha, aytgancha, ikkimiz nemis tilini birga o‘rganganmiz. Umuman, Germaniyada Nataniel bilan yaxshi munosabatda bo‘ldim va bu yerga kelishdan oldin unga xabar jo‘natdim. O‘ylaymanki, Angliya hayotiga moslashish jarayonida Nata yordamiga tayansam bo‘ladi.

- «Liverpul» tarixida jamoa libosini kiygan yaponiya­lik ikkinchi  futbolchi bo‘ldingiz. Bu boradagi qaldir­g‘och - Takumi Minamino bilan ham bog‘landingizmi?

- Ha. Uning o‘zi SMS-xabar yozib, tabrikladi. Keyin Takumidan «Liverpul» haqida batafsil gapirib berishini so‘radim va u asosiy ma’lumotlarni taqdim etdi.

- Nega aynan 3-raqamni tanladingiz?

- «3» - men uchun sevimli raqam. «Shtutgart»da ham, terma jamoada ham aynan shu raqam ostida o‘ynaganman. 

- «Liverpul» safiga ma’lum maqsadlar bilan qo‘shilganingiz tayin...

- Avvalo, APLda zafar quchishni istayman. Joriy mavsum klub YELda qatnashadi va xalqaro maydonda ham kubok olishimiz kerak. Umuman, bosh vazifamiz - g‘alaba qozonish.

- Nihoyat, «Liverpul» muxlislariga nima deysiz?

- Ushbu klub safiga qo‘shilganimdan to‘lqinlanib ketyapman. Har hafta «Enfild»da muxlislar to‘lqinidan ham zavq­lanish umididaman, albatta!

- Bolaligimda Angliya chempionati o‘yinlarini otam bilan birga tomosha qilardim. Esimda, ayniqsa, Stiven Jerrard o‘yinlariga oshufta edim. Shunday ekan, «Liverpul»ga befarq qaramaganman va ko‘plab o‘yinlarini ko‘rganman.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:48, 01.09.2023.
O'qildi: 1344 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.