Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Titanlar jangi: "Arsenal" "Manchester Yunayted"ga qarshi (prevyu)

Titanlar jangi: "Arsenal" "Manchester Yunayted"ga qarshi (prevyu)

Baho:
+ | -

APLning navbatdagi, 4 turida "Arsenal" o‘z uyida "MYU"ni mehmon qiladi. To‘pchilar ayni damda o‘tgan mavsumning chempionlari bo‘lgan "Manchester Siti"dan 2 ochkoga ortda qolmoqda. Negaki, Arteta shogirdlari o‘tgan turda "Fulxem" bilan durangga imzo chekkan edi. "Arsenal"ga qarshi chiqadigan "qizil iblislar" 6 ochko bilan sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi. Quyida ushbu o‘yin haqida kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.

Bahs qayerda bo‘ladi?
Joy: London, Angliya
O‘yingoh: "Emirates" stadioni
Vaqt: yakshanba, 3 sentyabr
Start: 16:30 (mahalliy vaqt bilan), 20:30 (Toshkent vaqti bilan)
Hakam: Entoni Teylor
VAR: Jarred Gille

O‘zaro o‘yinlar (so‘nggi beshta):
"Arsenal" – 2 ta g‘alaba
"MYU" – 2 ta g‘alaba
Duranglar – 1 ta

"Arsenal" haqida

Gabriel Jezus "Fulxem" bilan o‘tgan turda ilk bor maydonga tushirilgan edi. Shu sabab bugun Arteta braziliyalik va Eddi Nketia o‘rtasida tanlov qilishi lozim. Nketia ham yomon o‘yin ko‘rsatmayapti. U bu mavsumda 2 ta golga mualliflik qildi. Nketiani tez orada Angliya milliy terma jamoasida ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.
Himoyachi Takexiro Tomiyasu ham bitta bahsdan keyin yana maydonga tushishi mumkin. U "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yinda qizil olib, bitta o‘yinni o‘tkazib yuborgan. Qanot himoyachisi Yurriyen Timber uzoq vaqt safda bo‘lmaydi. Shu sabab Gabriel Magalyansni safga qaytarish kerak. Shuningdek, yarim himoyachi Tomas Partida ham jarohat mavjud.

Taxminiy tarkib:
Darvozabon: Aron Ramzdeyl;
Himoyachilar: Uayt, Saliba, Gabriel, Zinchenko;
Yarim himoyachilar: Edegor, Rays, Xavers;
Hujumchilar: Saka, Nketia, Martinelli.

"MYU" haqida

Lyuk Shou va Tirell Malasiyalarning jarohat olgani, "MYU"ni yana transferlar bozoriga kirishga majbur qildi. Jamoa "Tottenxem"dan Serxio Regilonni ijaraga oldi. Shunga qaramay, ispaniyalik asosiy tarkibga birdan kirmaydi. Rafael Varanning bir oy yo‘q bo‘lishi esa markaziy himoyada Lindelyof va Martinesdan foydalanish kerakligini anglatadi. Yangi xaridlardan biri bo‘lgan Rasmus Xyoylunn asosiy tarkibga kiritilishi mumkin. U o‘z jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lgani aytilmoqda. Erik ten Xag markaziy hujum uchun Marsyal va Xyoylunndan birini tanlashi kerak bo‘ladi.

Taxminiy tarkib:
Darvozabon: Andre Onana;
Himoyachilar: Uan-Bissaka, Lindelyof, Martines, Dalot;
Yarim himoyachilar: Kazemiro, Eriksen, Fernandesh;
Hujumchilar: Antoni, Reshford, Marsyal.

Taxminiy hisob

So‘nggi bahsda kerakli natijaga erisha olmagan bo‘lsada, "Arsenal" hali ham bu mavsumda mag‘ubiyatga uchramadi. Shu sabab londonliklar bugunga bahsga o‘ta jiddiy yondoshadi. "MYU"dagi jarohatlar epidemiyasi esa Erik ten Xag tarkibini birmuncha zaiflashtirgan. Garchand Reshford va Fernandesh kabi asosiy figuralar maydonda bo‘lishiga qaramay, "qizil iblislar"ning mehmon uchrashuvlaridagi statistikasi ancha yomon. Ko‘pchilik bu o‘yinni "Arsenal" foydasiga hal bo‘ladi deb o‘ylaydi. Biz ham mezbonlar foydasini ko‘zlamoqdamiz.

Taxmin: "Arsenal" 3-2 "MYU".

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 14:30, 03.09.2023.
O'qildi: 2362 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.